Breaking News

Pandemiya Bollivudga zarar yetkazmoqda


Koronavirus pandemiyasi dunyo bo’ylab turli iqtisodiy sohalarga jiddiy ziyon yetkazmoqda. Hindiston kino sanoati ham shu kunlarda katta zarar ko’rmoqda. Ayrim kuzatuvchilar nazarida, Bollivud oyoqqa turib olishi uchun kamida ikki yil kerak bo’ladi.

Ayni paytda 9500 ta kinoloyiha turib qolgan, o’n minglab odam ishsiz qolmoqda. Karantin sabab odamlar kinoga bormayapti.

“Bunday bo’lmagan hali. Sanoatimiz bu qadar zarbaga uchramagan edi”, - deydi "Abundantia Entertainment" kinokompaniyasi asoschisi va rahbari, prodyuser Vikram Malxotra.

Bollivud daromadning 60 foizini kassa tushumlari hisobiga oladi.

Karantin may o’rtalarigacha davom etishi mumkin. Biroq tomoshabin hali anchagacha gavjum joylarga borishdan o’zini tiyib turadi.

Bir yilda Hindistonda 1200 ga yaqin film ishlanadi. Bu yili aksariyati kech chiqishi kutilmoqda. Katta byudjetli filmlar, xorijdagi ommaviy syomkalar kutib turishiga to’g’ri keladi.

Yirik kinokompaniyalar zararini tez qoplab olishi mumkin, biroq minglab maydaroq studiyalar, epizodlarda o’ynovchi o’n minglab aktyorlar, raqqosalar, sahna ishchilari va texniklar uchun kelasi bir necha oy oson bo’lmaydi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG