Koronavirus pandemiyasi dunyo bo’ylab ko’plab kichik bizneslarni yangicha ishashga, texnologiyalardan ko’proq foydalanishga majbur qildi. Biznesni yo’qotmaslik uchun kimdir xodimlari sonini qisqartirdi, ammo Shimoliy Dakotadagi bir avtosalon egasi boshqa yo’ldan borishga qaror qildi.
“Pandemiya boshlanganida yetti kishidan iborat jamoamiz bor edi. Oltitamiz salonda va Ronda”, - deydi Renard Bergstrom.
Ronda Loz virtual assistent. U uydan ishlaydi. Mijozlar bilan aloqa, avtosalonning kundalik ishlari uning zimmasida.
“COVID-19 boshlanganidayoq ishning bir qismini uydan bajarish mumkinligini ancha erta tushunganmiz. Ronda ko’proq hujjatlarni tayyorlash, avtosalon uchun zarur narsalarni buyurtirish, masalan, tozalovchi vositalarni – shunga o’xshash ishlar bilan shug’ullanish vazifasini oldi”, - deydi tadbirkor.
Bergstromning aytishicha, Ronda yordamida ayrim loyihalar kengaydi va yana bir virtual yordamchiga ehtiyoj tug’ildi.
“Ko’p odamlar ishidan ayrilganini, bo’shatilganini ko’ryapman. Nazarimda, ko’plar virtual uslubga o’ta boshlaydi. Ko’p ishlar, ayniqsa biznesda, endi shunday qilinadi”, - deydi Ronda Loz.
“Bergstrom avtomobillari” avtosaloniga Renardning bobosi salkam 100 yil oldin asos solgan. Uning nazarida, biznes yuritishdagi yangicha yondashuv kompaniyaga hali uzoq vaqt faoliyat yuritishga yordam beradi.
Facebook Forum