Breaking News

Pelosi Tayvanni tark etdi. Xitoy harbiy mashqlar o’tkazmoqda


U.S. House Speaker Nancy Pelosi meets Taiwan President Tsai Ing-wen
U.S. House Speaker Nancy Pelosi meets Taiwan President Tsai Ing-wen

Butun dunyoni bir necha soat davomida hayajonda ushlab turgan AQSh Vakillar palatasining spikeri Nensi Pelosi Tayvanga safarini yakunladi. Xitoy oldingi do’q-po’pisalariga qaramay, Pelosining tashrifiga to’sqinlik qila olmadi.

Xalqaro hayot - 3-avgust, 2022-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:12:25 0:00

AQSh rasmiysi bugun Tayvan Prezidenti Tsay In Ven bilan ko’rishdi. Amerika Kongressining quyi palatasi raisi so’nggi bor orolga 25 yil oldin borgan.

"Xitoy Tayvanning turli tadbir va majlislarda ishtirok etishiga to’siq qo’yib kelgani bilan odamlarning Tayvanga borishiga qarshilik ko’rsata olmasligini tushunib yetdi deb o’ylayman. Bizning tashrifimiz nafaqat do’stlik va xayrixohlikni, balki qanday qilib hamkorlikda ishlay olishimizni ham ko’rsatmoqda. Men spiker bo’lganim uchungina shovqin ko’tarishgan deb o’ylayman. Bu sabab bo’ldimi yoki bahona, buni bilmayman. Chunki mengacha bu yerga erkak siyosatchilar kelganida Xitoy hech narsa demagan edi”, - dedi Pelosi.

Tayvan rahbari Amerika rasmiysini orol oldidagi xizmatlari uchun medal bilan taqdirladi.

Pelosi Tayvan parlamentida so’zga chiqdi, tashrifidan maqsadini ochiqladi.

"Kongressdan bu yerga delegatsiyalar kelganda uch maqsadni ko’zlaymiz. Biri xavfsizlik. Xalqlarimiz xavfsizligi, global xavfsizlik. Ikkinchisi iqtisodiyot. Farovonlikni imkon qadar kuchaytirish. Uchinchi maqsad – boshqaruv”, - dedi Pelosi.

Xitoy spikerning Tayvanga tashrifini keskin qoralab, orol atrofida yakshanba kungacha harbiy mashqlar boshladi. Pekin Qo’shma Shtatlarni Xitoyga nisbatan salbiy harakatlarda ayblab, Tayvanni mustaqil qilishga intilayotgan bo’lginchi kuchlarga jiddiy ogohlantirish berdi.

Bayden ma’muriyati ham, Pelosi ham Qo’shma Shtatlar yaxlit Xitoy siyosatiga sodiq ekanini, Xitoyni tan olishini aytadi, biroq shu bilan birga, Taybey bilan norasmiy aloqada bo’lish, mudofaa bobida hamkorlik qilish siyosatidan qaytmasligini bildiradi.

"Tayvan mustaqilligini tan olmasligimizni aytganmiz. Bo’g’ozning har ikki tarafidagi tomonlar kelishmovchiliklarini tinch yo’l bilan hal qilishlarini istaymiz. Bu haqda Xitoy Xalq Respublikasiga eng yuqori darajali uchrashuvlarda yetkazganmiz, jumladan ikki prezidentning o’tgan haftadagi telefon muloqoti paytida”, - deydi AQSh milliy xavfsizlik kengashi so’zlovchisi Jon Kirbi.

Pelosining Tayvanga tashrifi ketidan Xitoy orol bilan ayrim iqtisodiy aloqalarni chekladi. Kuzatuvchilarga ko’ra, Pekinda endi Tayvanni o’ziga qo’shib olishga kuchli bahona topildi.

"Qo’shma Shtatlar Xitoy suvereniteti va xavfsizlik manfaatlariga putur yetkazgani uchun javobgardir va bu unga qimmatga tushadi”, - dedi Xitoy Tashqi ishlar vazirligi so’zlovchisi Xua Chunyin.

Ayrim tahlilchilar Xitoy mintaqada boshlagan harbiy mashg’ulotlar tasodif to’qnashuvga yetaklashi mumkinligidan xavotirda.

“Eng muhimi, hozir har ikki taraf o’z niyatini o’ta ehtiyotkorlik bilan bildirmoqda va bunday yondashuv vaziyatning kattaroq mojaroga aylanishiga barham berishda muhimdir”, - deydi Xalqaro inqirozlar guruhidan Amanda Xsiao.

Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Pelosi tashrifini provokatsiya deb atadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG