Breaking News

AQSh Shimoliy Koreyaga qarshi qattiqroq jazo choralarini e'lon qilmoqchi


Pens va Abe
Pens va Abe

Osiyoga safar qilgan AQSh Vitse-prezidenti Mayk Pensning aytishicha, Qo'shma Shtatlar Shimoliy Koreyaga qarshi o'ta qattiq iqtisodiy sanksiya e'lon qilish arafasida turibdi.

Yaponiya Bosh vaziri Shinzo Abe bilan Shimoliy Koreya yadro quroli va ballistik raketa dasturlari xususida gaplashgan Pensga ko'ra, Pxenyan bu dasturlardan voz kechmas ekan, AQSh unga bosim qo'yishda davom etadi.

"Shimoliy Koreya yadrodan butunlay xoli bo'lmaguncha, Yaponiya va ittifoqchilarimiz bilan hamkorlikda bosimni kuchaytirishda davom etamiz. Yangi choralamiz Pxenyanni yanada yakkalashga qaratilgan", - dedi Pens.

Uning aytishicha, AQSh va Yaponiya hukumatlari Shimoliy Koreya bo'yicha siyosatlarini muvofiqlashtirgan.

Pens boshliq Amerika delegatsiyasi shu hafta Janubiy Koreyaning Pxyonchan shahrida boshlanadigan Qishki Olimpiya o'yinlarini tomosha qiladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG