Breaking News

Pentagon adashib zaharli bakteriya tarqatgan


O'nlab odamlar har ehtimolga qarshi davolanmoqda. AQSh harbiylari yanglishib anktraks, tirik kuydirgi bakteriyasini to'qqiz shtatdagi oddiy laboratoriya va Janubiy Koreyadagi harbiy bazaga jo'natgan.

Rasmiylarning aytishicha, Yuta shtatidan yuborilgan bakteriya Seul yaqinidagi Osan harbiy bazasining 22 xodimi hamda to'rt laboratoriya xodimlarini zaharlagan bo'lishi mumkin. Ular ko'rikdan o'tayapti.

Bu laboratoriyalarga antraksning o'lik, ta'sir kuchi yo'qolgan namunalari yuborilishi va sinovdan o'tkazilishi kerak edi. Pentagon bu sinovlar yordamida biologik qurollarning ta'sirini tekshiradi.

Kaliforniya, Tenessi, Delaver, Merilend, Nyu-Jersi, Nyu-York, Texas, Virjiniya va Viskonsin shtatlaridagi laboratoriyalarga xavfli modda yuborilgan. Merilenddagi laboratoriya xodimlari bakteriya tirik ekani haqida rasmiylarni ogohlantirgan.

Seul yaqinidagi harbiy bazaga yo'llangan modda darhol yo'q qilingani aytilmoqda.

AQSh Kasalliklarni nazorat qilish markazi voqeani tergov qilayapti.

Kuydirgi avvaliga qattiq shamollash alomatlarini chaqirib, erta davolanmasa o'limga yetaklashi mumkin.

Kuydirgi bakteriyasi qattiq shamollash alomatlarini chaqirib, darrov davolanmasa o'limga yetaklashi mumkin.
Kuydirgi bakteriyasi qattiq shamollash alomatlarini chaqirib, darrov davolanmasa o'limga yetaklashi mumkin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG