Breaking News

Peruda bir haftada ikki prezident almashdi


Fransisko Sagasti - Peru muvaqqat prezidenti
Fransisko Sagasti - Peru muvaqqat prezidenti

Peruda so’nggi bir haftada uchinchi prezident. Kongress mamlakatni ikki yil boshqargan Martin Viskarrani impichment orqali hokimiyatdan olishi ketidan Kongress raisi Manuel Merino vaqtincha prezidentlikka tayinlangan edi, biroq xalq noroziligi natijasida qonunchilar yana yangi muvaqqat rahbarni tanlashga majbur bo’ldi.

Xalqaro hayot - 17-noyabr, 2020-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:23 0:00

Deputatlardan biri Fransisko Sagasti bir palatali parlamentda ko’pchilik ovozlarni olib, qasamyod keltirdi.

“Fuqarolar e’tibor talab qilmoqda. Pandemiya tugagani yo’q, iqtisodiy inqirozdan o’tmadik hali, xavfsizlik bilan bog’liq muammolar hanuz dolzarb. Namoyishga chiqqan ikki odamning o’limidan so’ng vaziyatning naqadar jiddiy ekanini angladik”, - dedi yangi rahbar.

Mamlakatda 11-aprelda muddatidan erta prezident saylovlari bo’lib o’tishi kerak. Sagasti ungacha mamlakatni boshqarib turadi.

Aholi Viskarrani qo’llab-quvvatlagan edi, chunki sobiq rahbar deputatlarni daxlsizlikdan ayirmoqchi edi. Aytish joiz, deputatlarning yarmi turli jinoyatlarga aloqadorlikda tergov ostida, ammo deputatlik daxlsizligi ularni hozircha adliyadan saqlab turibdi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG