Breaking News

Vashington va Yevropada o'zbekistonlik qochqinlar himoyasi uchun namoyishlar o'tmoqda


Vashington va Yevropada o'zbekistonlik qochqinlar himoyasi uchun namoyishlar o'tmoqda

Qochqinlar diniy ta'qib ostida O'zbekistondan chiqib ketishga majbur bo'lgan. Qozog'iston esa ularni vatanga ekstraditsiya qilmoqchi.

Bugun AQSh va Yevropada o'zbek faollari Qozog'istondan O'zbekistonga ekstraditsiya qilinishi kutilayotgan qochqinlar uchun adolat so'rab namoyish qilmoqda. Vashingtonda Oq uy qarshisida ham chiqish o'tmoqda. Tadbirni Qochqinlarni qutqarish qo'mitasi uyushtirmoqda.

Bugun Ostonada Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining ikki kunlik sammiti o'tar ekan, namoyishchilar Qozog'istondagi qochqinlar tadqiriga e'tibor qaratmoqchi.

O'zbekiston fuqarolari bo'lmish bu insonlar diniy ta'qibdan qochib, bir necha yildan beri Qozog'istonda yashab kelayotgan edi. Ba'zilarida hatto BMTning qochqinlik maqomi bo'lgan. Biroq O'zbekiston hukumati Ostonadan ularni ekstraditsiya qilishni so'ragach, yozda 45 dan ziyod qochqin hibsga olinib, 29 nafari O'zbekistonga topshirilishi kutilayotgan edi.

2005-yilda Andijondagi qirg'indan qochgan kishilar tuzgan "Andijon - adolat va tiklanish" guruhi Qochqinlarni qutqarish qo'mitasiga kirgan tashkilotlardan biri. Bugun Vashingtonda Oq uy qarshisida namoyishga ma'sul. Ma'lumki, Davlat kotibasi Xillari Klinton Ostonadagi sammitda AQSh delegatsiyasiga boshchilik qilmoqda. O'zbekistonda bo'lishi ham rejalangan. Tashkilot Qo'shma Shtatlar nolamizni tinglab, Qozog'iston hukumatiga bosim o'tkazadi, deya umid qilmoqda.

Ba'zi xabarlarga ko'ra, 29 qochqindan to'rt nafari ekstraditsiya qilingan. Ularning ahvoli haqida ma'lumot yo'q. Qolganlari hali ham Qozog'istonda. O'zbekistonlik inson huquqlari faollari shu kungacha bir necha davlatda piket va namoyishlar o'tkazgan, Qozog'iston elchixonalari va prezident Nursulton Nazarboyevga maktub yo'llab, qarorni bekor qilishni so'ragan.

Faollarning asosiy xavotiri shundaki, O'zbekistonda ularga odilona munosabatda bo'linmaydi. Qiynoqlarga solinishi mumkinligi haqida ham tashvish bor. Qozog'iston Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotidek nufuzli guruhga raislik qilayotgan paytda inson huquqlarini bu darajada poy mol etishi kishini hayratga soladi, deydi "Andijon - adolat va tiklanish" vakili Yusuf Sobirov.

Uning aytishicha, BMTning Qochqinlar bo'yicha oliy komissariati Qozog'istonda hibsda saqlanayotgan shaxslarga avval bergan qochqinlik maqomini bekor qilgani ham tashvishga molik.

  • 16x9 Image

    Odil Ruzaliev

    Odil O'zbek xizmatiga 2005-yilda kelgan. Diktor va prodyuser. AQShning Tafts Universitetida (Tufts University) xalqaro aloqalar sohasida magistrlik darajasini olgan. Ungacha O'zbekiston TV 1-kanalida ingliz tilidagi yangiliklar – FCN (First Channel News) – ko'rsatuvining muallif-boshlovchisi edi. "Axborot" dasturida mehnat qilgan. Odil ko'p yillar AQShning Toshkentdagi elchixonasi axborot bo'limida ishlagan. O'zbek, ingliz va rus tillarida chop etilgan qator maqolalar muallifi. Farg'ona shahrida tug'ilgan.

    Odil Ruzaliev is a reporter, radio and TV anchor, web editor and producer for Voice of America’s Uzbek Service since 2005. Prior to joining VOA, he worked at the State Radio and TV of Uzbekistan, BBC International’s Central Asia region, and was a regular Contributor for CNN World Report. He has also worked as an Information Assistant at the US Embassy in Tashkent, Uzbekistan. He was the creator and host of the TV program First Channel News, Uzbekistan’s first English language news broadcast. In his spare time he is a freelance photographer. A native of Ferghana Valley, Uzbekistan, Odil graduated from the Uzbekistan State World Languages University. In addition, he was an exchange student at Pace University in New York City and holds a master’s degree in international affairs from the Fletcher School of Law and Diplomacy at Tufts University in Medford, Massachusetts.

XS
SM
MD
LG