Breaking News

Dronlar politsiya ishida tobora qo'l kelayapti 

  • Amerika Ovozi

Politsiya dronlari
Iltimos, kuting...
Embed

No media source currently available

0:00 0:03:14 0:00

Havodan kuzatuv politsiya va xavfsizlik kuchlari faoliyatida o’ta muhim rol o’ynaydi. Ammo Amerikada kichik politsiya idoralari samolyot yoki vertolyot bilan ta’minlanmaydi. Ular o’rniga arzonroq dronlar ishlatilmoqda.

O’tgan bir yilda AQShda dron ishlatayotgan huquq-tartibot idoralari soni ikki baravar oshdi.

Nyu-York universiteti o’tkazgan tadqiqotga ko’ra, aksar hollarda dronlar 50 ming yoki undan kam aholi yashaydigan shaharchalarda ishlatilar ekan.

“Bitta vertolyot kamida million dollar turadi. Uni olgandan keyin tajribali pilot yollaysiz. Unga ham kattagina maosh to’lab turasiz”, - deydi politsiyachi Skott Hermon.

Mitti uchar vositalar voqea ro’y bergan joyga yangicha ko’z bilan qarash imkonini beradi.

“Voqea joyini darhol tekshirasiz. Dronlar tergovni tezlashtiradi. Yopilgan yo’lni ko’pga qolmay ochib berasiz”, - deydi informatsion texnologiyalar bo'yicha ekspert Ayan Lopata.

Yangi ma’lumotlar bilan politsiya nafaqat jinoiy ishni hal qiladi, balki xavfsizlikni yaxshilash yo’llarini topadi.

“Avariya ro’y bergan joydan imkon boricha ko’proq informatsiya to’plab, analiz qilish, ilgarigi avariyalar bilan solishtirish muhim. Aynan o’sha joyda ehtimol belgilarni almashtirish, yerda yangi chiziqlar tortish kerakdir”, - deydi suhbatdosh.

Infraqizil kamera bilan jihozlangan dron daryoda yashiringan jinoyatchini topishda ham qo’llangan. Uning boshi qizil nuqta bo’lib ko’rinadi. Lekin bu odamlarni noqonuniy kuzatishga ham yo’l ochadi, deydi ayrim faollar.

“Muayyan joyni kunu-tun kuzatish mumkin. Dronlar samolyot yoki vertolyotga qaraganda qulayroq”, - deydi Amerika fuqaro erkinliklari uyushmasidan Gari Daniels.

Biroq aviatsiya idoralarining qoidasi shuki, dron egalari ularni uchirayotganda ko’zdan qochirmasligi lozim.

“Albatta, dron bilan istagan narsani qilolmaysiz, cheklovlar bor. Lekin politsiya idoralari uchun bu mashinalar juda foydali”, - deydi politsiyachi Skott Hermon.

Dron batareyasi taxminan bir soatga yetadi. Qo’shma Shtatlarning uchdan birida politsiya dron uchirishi uchun suddan alohida ruxsatnoma ham kerak. Lekin kelajakda huquq-tartibot idoralari bu arzon texnologiyadan tobora ko’proq foydalanishi aniq.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG