Breaking News

AQSh qonunchilari politsiya islohotiga doir qonun loyihasiga kelisha olmayapti


Minneapolis shahridagi Jorj Floyd maydoni

AQShda qora tanli Jorj Floydning politsiyachilar qo’lidan o’lganiga bir yil to’larkan, qonunchilar politsiya islohotiga doir qonunga kelisha olmayapti.

Xalqaro hayot - 26-may, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:09:33 0:00

Floydning o’limidan so’ng avj olgan ommaviy namoyishlar islohotga turtki berdi, biroq Kongress a’zolari o’rtasida bu borada hozircha yakdillik yo’q.

“Qonun loyihasi Prezident Bayden stoliga mukammal hujjat sifatida tushishi kerak. Qachon tushishi muhimmas. Bu ishni oxirigacha yetkazishga qattiq harakat qilamiz”, - deydi Vakillar palatasining demokrat a’zosi Karen Bass.

Tomonlar hozircha bir narsaga kelisha olmayapti. U ham bo’lsa, politsiyachilarni noto’g’ri xatti-harakati uchun sudga tortishdan himoya qiluvchi malakali daxlsizlik tizimini yaratishga.

“Kongressdagi muzokarachilar va turli tomonlar bilan gaplashib turibmiz. Muzokarachilarga umumiy bir to’xtamga kelishish uchun munozaralarini bemalol olib borishlariga imkon beryapmiz”, - deydi Oq uy matbuot kotibasi Jen Psaki.

Qonunchilar o’tgan yozda Floydning o’limi ketidan namoyishlar avjga chiqqan mahalda ham shu masalalarga kelisha olmayotgan edi. Oq uy politsiya kasaba uyushmalarini qonun loyihasining demokratlar taklif etayotgan ko’rinishiga ko’ndirishga harakat qilmoqda.

“Maqsad politsiyachilarni bir-biriga qarshi qaratish emas. Hammamiz ham politsiyaning ishi yaxshilanishini, adolatli bo’lishini, Jorj Floyd kabilarga bo’yniga tizza tiramasdan, nafasini qismasdan muomala qilishlarini istaymiz”, - deydi qurbon oilasining advokati Benjamin Kramp.

Floydning oilasi Kapitoliyda bo’lib, qonun loyihasi bo’yicha muzokara qilayotgan demokrat senator Kori Buker va respublikachi senator Tim Skott bilan uchrashdi.

“Ishonchim komil bo’lgan narsa haqida gapirishni xohlardim va ishonchim komilki, bu masalada olg’a siljish bor”, - dedi Skott.

Qonun loyihasi qabul qilinsa, nojo’ya harakatlarda qo’li bor politsiyachilar milliy reyestri tuziladi, posbonlarga odamlarni bo’g’ish, uylarga taqillatmay kirish taqiqlanadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG