Breaking News

Reks Tillersonning o’rniga davlat kotibi lavozimiga ko’rsatilgan Mayk Pompeo hozir Markaziy razvedka agentligini boshqarmoqda, Kanzas shtatidan uch muddat Kongressda ishlagan, Trampni saylov kampaniyasi boshidan qo’llab-quvvatlagan.

Respublikachi kongressmen sifatida Pompeo Obama ma’muriyati tashabbuslarini, jumladan sobiq rahbarning tibbiy sug’urta dasturini hamda Eron bilan 2015-yilda imzolangan xalqaro bitimni qattiq tanqid qilgan.

Pompeo - Tramp bilan hamfikr siyosatchi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:01:38 0:00

Tramp Eron yadro kelishuvi masalasida seshanba kuni ishdan haydalgan Tillerson bilan kelisha olmagan edi, Pompeo esa bu masalada prezident bilan hamfikr.

“Eron bilan imzolangan shartnoma bir tiyinga qimmat. Men undan chiqmoqchi edim, Tillerson esa o’zgacha fikrda edi. Masalaga bir xil qaramas edik, Pompeo bilan esa gapimiz bir joydan chiqadi”, - deydi Tramp.

AQSh prezidenti Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Un bilan uchrashishga tayyor ekanini aytgan. Pompeo Trampning bu qarorini olqishlaydi.

“Shimoliy Koreya iqtisodiyoti shu paytgacha bu qadar nochor ahvolda, rahbariyati esa kuchli bosim ostida bo’lmagan hali. Ana endi ular bizning shartlarimiz asosida muloqot boshlashga tayyor ekanini bildirmoqda”, - deydi Markaziy razvedka boshqarmasi direktori.

Pompeo Davlat departamentida ish boshlashi uchun uning nomzodi Senatda tasdiqlanishi lozim. Tashqi aloqalar qo’mitasi raisi Bob Korkerning aytishicha, bu borada tinglovlar aprel oyiga rejalangan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG