Breaking News

Pompeo Iroqqa borib, Eron siyosati xususida gaplashdi


Pompeo Bag'dodda, 8-may, 2019-yil

AQSh razvedkasi Eron qisqa masofali raketalarini dengizga tushirgani haqida ma’lum qilishi ketidan AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo kutilmaganda Iroqqa safar qildi.

Pompeo shu hafta Germaniyaga borishi kerak edi, biroq Yevropaga safarini qoldirib, Bag’dodga tashrif buyurdi, Bosh vazir Odil Abdul Mahdi bilan Eron harakatlarini muhokama qildi.

“Qo’shma Shtatlar dunyoning har bir nuqtasida o’z manfaatlarini hamisha himoya qilishga tayyor. Buning uchun zarur harbiy tuzilma bo’lishini ta’minlaymiz. Pentagon mintaqaga avianosets yetakchiligida zarbdor guruhni safarbar etib, eronliklarga ogohlantirish berdi. Umid qilamanki, Eron Amerika manfaatlariga hujum qilishdan oldin yaxshilab o’ylab ish qiladi”, - dedi Pompeo.

Qo’shma Shtatlar Eron tahdidiga javob berish uchun regionga, shuningdek, B-52 bombardimon samolyotini ham yuborgan.

Tramp ma’muriyati Tehronni terror guruhlarini qo’llab-quvvatlayotganlikda, Suriyada Bashar Assad hukumatiga yordam berayotganlikda, AQShga tahdid soluvchi ballistik raketa dasturini ishlab chiqarayotganlikda ayblar ekan, Eron siyosatini o’zgartirish uchun unga maksimal ravishda bosim qo’yishga harakat qilmoqda.

O’tgan oy boshida AQSh Eron qurolli kuchlari tarkibiga kiruvchi Islomiy inqilob posbonlari korpusini xorijiy terrorchi tashkilot deb e’lon qildi. Bunga javoban Tehron Qo’shma Shtatlarni terrorizmga homiylik qiluvchi davlat, Yaqin Sharqdagi harbiy kuchlarini esa terror guruhi sifatida e’tirof etdi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG