Breaking News

AQSh Davlat kotibi Saudiya Arabistonida. Eron, Yaman, Isroil-Falastin mavzulari muhokamada


Arxiv surat. Pompeo Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vaziri Farxon al-Saud bilan Vashingtonda ko'rishmoqda, 12-fevral, 2020-yil

AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo Afrikaning Senegal, Angola va Efiopiya davlatlarida bo’lib, Yaqin Sharqdagi vaziyatni muhokama qilish uchun Riyodga yo’l oldi. Uch kunlik tashrif davomida Pompeo qirol, valiahd shahzoda va tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuvlarda Eron masalasini ko’taradi, Yamandagi urush xususida gaplashadi.

Xalqaro hayot - 19-fevral, 2020-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:08:07 0:00

Eronning Yaqin Sharqdagi ta’sirini susaytirish masalasida AQSh va Saudiya Arabistoni hamfikr. Bu ikki davlat nazarida, Tehron atom dasturi va mintaqadagi buzg’unchi harakatlari barqarorlikka tahdiddir. Ayrim kuzatuvchilar fikricha, qirollik AQShdan Eronga nisbatan qattiqroq chora ko’rishni so’ramoqda.

Riyod Tehronni o’tgan yil sentabrida neft inshootlariga hujumda ayblarkan, AQSh yumshoq javob berganidan norozi.

“Shundan so’ng saudiyaliklar o’z xavfsizligini ta’minlashda yolg’iz harakatga majbur ekanidan xavotirga tushdi”, - deydi Quvayt universitetidan siyosatshunos Badr al-Sayf.

Eronning yuqori lavozimli generali Qosim Sulaymoniyning yanvar oyida AQSh havo hujumida o’ldirilishi mintaqada kattaroq mojaro ehtimolini tug’dirdi. Saudiyaliklar, deydi tahlilchi al-Sayf, AQShning Yaqin Sharqdagi siyosatiga o’z hissasini qo’shishni istaydi.

“AQSh ham Eronga nisbatan siyosatini Saudiya Arabistoni hamkorligizisiz yurita olmasligini tushunadi. Qirollik mintaqada yetakchi davlat hisoblanadi va teng muomala talab qilmoqda”, - deydi mutaxassis.

Shu bilan birga, Saudiya Arabistonining qo’shni Yamandagi harbiy harakatlari Vashington bilan ziddiyatlarga sabab bo’lmoqda. AQSh Kongressi Tramp ma’muriyatidan Saudiya Arabistoniga Yamandagi urushda harbiy yordamni to’xtatishni talab qilgan. Ikki yil oldin Saudiya Arabistonining Istanbuldagi konsulligida jurnalist Jamol Qoshiqchining o’ldirilgani ham Kongress noroziligiga sabab bo’lgan.

Biroq Saudiya Arabistonining inson huquqlari bobidagi kamchiliklari Tramp ma’muriyatiga u bilan hamkorlik qilishga to’siq bo’lmaydi, deydi tahlilchilar.

“Tramp ma’muriyati uchun AQSh-Saudiya munosabatlarida inson huquqlari hech qachon muhim rol o’ynamagan. Nafaqat Saudiya Arabistoniga kelganda, balki mintaqadagi boshqa ittifoqchilar bilan munosabatlarda ham”, - deydi Vashingtondagi Xalqaro tinchlik uchun Karnegi jamg’armasidan Yasmin Faruk.

Professor al-Sayfning aytishicha, Saudiya Arabistonida inson huquqlari bilan bog’liq vaziyatni baholashda G’arb andozalarini qo’llash xatodir.

“Inson huquqlari tushunchasi Saudiya Arabistonida o’zgacha talqin qiladi. Nafaqat Saudiya Arabistoni, balki Rossiya va Xitoyda ham shunday gaplarni eshityapmiz”, - deydi Quvayt universiteti olimi.

AQSh ma’muriyati Isroil-Falastin munosabatlariga doir yangi tinchlik rejasini amalga oshirishda Saudiya Arabistoni yordamiga muhtoj. Biroq Riyod Falastinni qanday shartlar bilan AQSh rejasiga ko’ndirishi hozircha noma’lum.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG