Breaking News

Pompeo: Maduroning sanoqli kunlari qoldi


Venesuela muxolifati yetakchisi Xuan Guaydo Prezident Nikolas Maduroni hokimiyatdan ag’darishga ojiz ekanini tan olganiga qaramay, uni qo’llab-quvvatlayotgan Qo‘shma Shtatlar Maduroning kunlari sanoqli ekanini bildirmoqda.

Biroq AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo Maduro hokimiyatdan qachon ketishi haqidagi savolga aniq javob bera olmadi.

“Venesuelada qashshoqlik kuchaygan, ochlik hukm surmoqda, bemor bolalar tibbiy yordam ololmayapti. Maduro mamlakatni kelajak sari yetaklay olmaydi. Bugunmi, erta, o’zgarish bo’lishi muqarrar. Hozir buni aniq bashorat qilib bo’lmaydi. Venesuelada demokratiya va samarali iqtisodiyotni tiklashga jazm qilgan 50 dan ortiq mamlakatlar bilan bu masalada hamkorlik qilyapmiz”, - dedi Pompeo.

O’zini prezident deb e’tirof etgan Guaydo o’tgan hafta poytaxt Karakasda minglab odamlarni namoyishga olib chiqa olganiga qaramay, harbiylar uni qo’llab-quvvatlamadi. Politsiya bilan to’qnashuvlarda besh kishi halok bo’ldi.

Pompeo davlat to’ntarishi sodir bo’lmagani AQSh razvedkasining xatosi degan gaplarni inkor etdi.

Maduro hukumatini qo’llab-quvvatlayotgan Rossiya Venesuelaga qo’shimcha harbiy yuborishni rejalamoqda.

5-may kuni Moskvada venesuelalik hamkasbi Xorxe Arreasa bilan uchrashgan Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning aytishicha, Qo’shma Shtatlar Maduroni ag’darishga qaratilgan mas’uliyatsiz rejalaridan voz kechishi zarur.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG