Poroshenko AQSh Kongressiga: Ukraina harbiy madadingizga muhtoj
Amerika Ovozi

Ukraina Prezidenti Petro Poroshenko Kongressda so'zlamoqda, Vashington, 18-sentabr, 2014-yil
Ukraina rahbari bugun Vashingtonda. U Oq uyda Prezident Barak Obama bilan ko’rishmoqda. Ungacha esa Petro Poroshenko Kongressning har ikki palatasi oldida so’zladi.
Kuzatuvchilarga ko’ra, Poroshenko AQShdan Ukraina armiyasi uchun qurol va harbiy anjomlar so’rashi mumkin. Bu Kiyevga va’da qilingan 70 million dollardan tashqari.
Ukraina rahbarining Kongressdagi chiqishida aynan shunday bo'ldi. Poroshenko armiyani kuchaytirish, zamonaviylashtirish kerakligi haqida gapirdi.
"Bizga qurol va harbiy anjomlar kerak", - dedi u.
Poroshenko Ukrainaga AQSh bilan harbiy aloqalarda maxsus maqom berilishini so'radi.
Uning nazarida sharqda isyonchilarga qarshi jang qilayotgan harbiylar ozodlik, demokratiya, qonun ustuvorligi uchun kurashmoqda.
Poroshenko Obama ma'muriyatini Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishga da'vat etdi.
"Rossiyaning bosqini bugun global xavfsizlikka tahdid", - dedi u.
Poroshenko Ukraina Qrimdan voz kechmasligini ham ta'kidlab o'tdi.
Obama ma’muriyati Ukraina hukumatiga hozircha qurol uzatmayapti, ammo ukrainalik rasmiylarga ko’ra, NATOning bir necha kun oldin Uelsda o’tgan sammitida G’arb davlatlari Kiyevga qurol va’da qilgan.
Bu o’rtada inson huquqlari bilan shug’ullanuvchi “Human Rights Watch” tashkiloti Qo’shma Shtatlardan Ukraina hukumatini sharqiy viloyatlarda aholini o’qqa tutishni bas qilishga chaqirishni so’ragan.
Guruh Ukraina qurolli kuchlarini oddiy fuqarolarni o’ldirayotganlikda, mulklarini vayron qilayotganlikda ayblamoqda.
Sharqiy Ukrainaga kengroq avtonomiya berish haqida qonun qabul qilindi
1/9Prezident Petro Poroshenko hujjat ma'qullanishi ketidan deputatlarga tashakkur bildirayapti.
Ukraina parlamenti sharqiy Ukrainaning Lugansk va Donetsk viloyatlariga kengroq avtonomiya berish haqida qonun qabul qildi. Rossiyaparast isyonchilar bilan davom etayotgan urushni to'xtatish maqsadida qabul qilingan ushbu qonun viloyatlarga bir qator siyosiy, madaniy va iqtisodiy erkinlik taqdim etib, ularning Rossiya bilan yaqin aloqa o'rnatishiga ruxsat beradi.
2/9Ukraina Parlamenti deputatlari sharqiy Ukrainaga kengroq avtonomiya berish haqidagi qonunni qabul qilgach, milliy madhiyani kuylamoqda, 16-sentabr, 2014-yil, Kiyev, Ukraina.
Ukraina parlamenti sharqiy Ukrainaning Lugansk va Donetsk viloyatlariga kengroq avtonomiya berish haqida qonun qabul qildi. Rossiyaparast isyonchilar bilan davom etayotgan urushni to'xtatish maqsadida qabul qilingan ushbu qonun viloyatlarga bir qator siyosiy, madaniy va iqtisodiy erkinlik taqdim etib, ularning Rossiya bilan yaqin aloqa o'rnatishiga ruxsat beradi.
3/9Ukrainalik ko'ngilli askarlar Mariupol shahri yaqinida harbiy tayyorgarlikdan o'tmoqda, 15-sentabr, 2014-yil.
Ukraina parlamenti sharqiy Ukrainaning Lugansk va Donetsk viloyatlariga kengroq avtonomiya berish haqida qonun qabul qildi. Rossiyaparast isyonchilar bilan davom etayotgan urushni to'xtatish maqsadida qabul qilingan ushbu qonun viloyatlarga bir qator siyosiy, madaniy va iqtisodiy erkinlik taqdim etib, ularning Rossiya bilan yaqin aloqa o'rnatishiga ruxsat beradi.
4/9Ukrainaning "Azov" ko'ngillilar batalyoni askarlari frontdan qaytmoqda, 15-sentabr, 2014-yil.
Ukraina parlamenti sharqiy Ukrainaning Lugansk va Donetsk viloyatlariga kengroq avtonomiya berish haqida qonun qabul qildi. Rossiyaparast isyonchilar bilan davom etayotgan urushni to'xtatish maqsadida qabul qilingan ushbu qonun viloyatlarga bir qator siyosiy, madaniy va iqtisodiy erkinlik taqdim etib, ularning Rossiya bilan yaqin aloqa o'rnatishiga ruxsat beradi.
Ukraina parlamenti sharqiy Ukrainaning Lugansk va Donetsk viloyatlariga kengroq avtonomiya berish haqida qonun qabul qildi. Rossiyaparast isyonchilar bilan davom etayotgan urushni to'xtatish maqsadida qabul qilingan ushbu qonun viloyatlarga bir qator siyosiy, madaniy va iqtisodiy erkinlik taqdim etib, ularning Rossiya bilan yaqin aloqa o'rnatishiga ruxsat beradi.
6/9"Azov" ko'ngillilar batalyoni askari qallig'i bilan, 15-sentabr, 2014-yil.
Ukraina parlamenti sharqiy Ukrainaning Lugansk va Donetsk viloyatlariga kengroq avtonomiya berish haqida qonun qabul qildi. Rossiyaparast isyonchilar bilan davom etayotgan urushni to'xtatish maqsadida qabul qilingan ushbu qonun viloyatlarga bir qator siyosiy, madaniy va iqtisodiy erkinlik taqdim etib, ularning Rossiya bilan yaqin aloqa o'rnatishiga ruxsat beradi.
7/9Luganskda ikki qiz rossiyaparast isyonchilar bilan suratga tushmoqda, 14-sentabr, 2014-yil.
Ukraina parlamenti sharqiy Ukrainaning Lugansk va Donetsk viloyatlariga kengroq avtonomiya berish haqida qonun qabul qildi. Rossiyaparast isyonchilar bilan davom etayotgan urushni to'xtatish maqsadida qabul qilingan ushbu qonun viloyatlarga bir qator siyosiy, madaniy va iqtisodiy erkinlik taqdim etib, ularning Rossiya bilan yaqin aloqa o'rnatishiga ruxsat beradi.
8/9Luganskda ko'ngillilar aholiga oziq-ovqat ulashmoqda, 14-sentabr, 2014-yil.
Ukraina parlamenti sharqiy Ukrainaning Lugansk va Donetsk viloyatlariga kengroq avtonomiya berish haqida qonun qabul qildi. Rossiyaparast isyonchilar bilan davom etayotgan urushni to'xtatish maqsadida qabul qilingan ushbu qonun viloyatlarga bir qator siyosiy, madaniy va iqtisodiy erkinlik taqdim etib, ularning Rossiya bilan yaqin aloqa o'rnatishiga ruxsat beradi.
9/9Yaqinda Rossiya tarkibiga qo'shib olingan Qrimda aholi mahalliy parlament saylovlarida qatnashmoqda, 14-sentabr, 2014-yil, Simferopol, Qrim.
Ukraina parlamenti sharqiy Ukrainaning Lugansk va Donetsk viloyatlariga kengroq avtonomiya berish haqida qonun qabul qildi. Rossiyaparast isyonchilar bilan davom etayotgan urushni to'xtatish maqsadida qabul qilingan ushbu qonun viloyatlarga bir qator siyosiy, madaniy va iqtisodiy erkinlik taqdim etib, ularning Rossiya bilan yaqin aloqa o'rnatishiga ruxsat beradi.
Previous slide
Next slide
Amerika Ovozi
"Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.