Breaking News

Dunyoda matbuot erkinligi darajasi qanday?


"Ozodlik uyi" tayyorlagan xaritada dunyo davlatlarida matbuot erkinligi darajasi aks etgan

Matbuot erkinligi darajasini o’rganuvchi “Freedom House” tashkiloti xulosasiga ko’ra, dunyoda matbuot erkinligi cheklanishda davom etmoqda.

Xalqaro hayot - 5-iyun, 2019-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:38 0:00

Vashingtonda joylashgan tashkilot har yili bu borada hisobot chop etib boradi. Unga ko’ra, hatto ochiq jamiyatlarda ham matbuotga tazyiqlarning yangicha usullari qo’llanilmoqda Sharqiy Yevropadan tortib, Qo’shma Shtatlargacha. Hujjatda, xususan, Tramp ma’muriyatining matbuotga muomalasi tanqidga olinadi.

“Freedom House” yoki “Ozodlik uyi” tashkilotiga ko’ra, mustaqil jurnalistikaga bolta urayotgan avtoritar rahbarlar hokimiyatini kuchaytirishda davom etyapti. Kurtak otayotgan demokratik jamiyatlarda matbuotga yangicha hujumlar kuzatilmoqda, Xitoyning global ta’siri Afrikadagi matbuot faoliyatiga salbiy ta’sir ko’rsatyapti.

“Xitoy do’stona matbuotlar orqali yoki jurnalistlarga bosim qo’yish orqali qit’ada o’z siyosatini taratyapti. Uning diplomatlari va Afrika mamlakatlaridagi ayrim matbuot organlari egalari Pekin nomidan senzura amaliyotiga qo’l urmoqda”, - deydi “Ozodlik uyi”da tadqiqotlar uchun mas’ul Sara Repucchchi.

Guruh dunyoda millatchi harakatlar kuchayayotganini ham tashvish bilan tilga oladi.

Yevrosiyo, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikada matbuot erkinligi past deya baholanmoqda. Tashkilotga ko’ra, 2014-yildan beri ahvol har yili yomonlasha borgan.

Yevropadagi har besh mamlakatdan to’rttasi “Ozodlik uyi”ning maxsus jadvalida “erkin” deb belgilangan. Biroq umumiy hisobda, Yevropada matbuot erkinligi darajasi o’tgan yilga qaraganda sakkiz foizga tushgani qayd etiladi.

Sara Repuchchi hisobot muallifi bo’lib, uning aytishicha, Qo’shma Shtatlarda matbuotga qarshi hujumlardan huquqiy himoya vositalari kuchli rivojlangan.

“Yirik matbuot organlarida bunday hujumlarni qaytarish salohiyati bo’lib, ular rahbarlarni mas’uliyatga undovchi axborotni tarqatishda davom etmoqda. Biroq bu ish borgan sari qiyinlashib bormoqda”, - deydi Repuchchi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG