Breaking News

Bayden mavqeini mustahkamlamoqda, Sanders poygadan chiqmoqchi emas


Prezidenltikka da'vo qilayotgan ikki arbob
Prezidenltikka da'vo qilayotgan ikki arbob

AQSh sobiq vitse-prezidenti Jo Bayden Demokratik partiyadan prezident saylovlarida yagona nomzod bo’lishi uchun shtatma-shtat bo’layotgan tanlovda jami 1991 delegat ovozini olishi kerak. Unga, asosan, afro-amerikaliklar, keksa yoshli va mo’tadil saylovchilar ovoz berayotgani ayon bo’ldi.

“U haqiqiy demokrat, men ham haqiqiy demokratman. Joning yaxshi inson ekanini ham unutmaslik kerak”, - deydi michiganlik Kennet Pauel.

O’tgan seshanba 14 shtatdan 10 tasida g’alaba qozongan Bayden bu seshanba besh shtatning to’rttasida g’olib bo’ldi. Ko’plab qora tanlilar uni qo’llab-quvvatlayapti.

So’nggi g’alabalar Michigan, Missuri, Misissippi va Aydaxo shtatlarida qo’lga kiritildi. Baydenning raqibi senator Berni Sanders esa bu gal atigi Vashington shtatida yaxshi natija ko’rsatdi.

Mamlakat bo’ylab koronavirus tarqalar ekan, har ikki nomzod Ogayo shtatidagi namoyishlarini bekor qildi, ammo Bayden Filadelfiyadagi namoyishni qoldirgisi kelmadi.

“Uyushibgina partiyani birlashtira olamiz. Oq uyda odob, qadr-qimmat, sharaf kabi qadriyatlarni tiklash uchun bir qadam olg’a tashladik”, - dedi Bayden.

Ekzitpol natijalariga ko’ra, Sanders yetarlicha yoshlarni saylov uchastkalariga chiqara olmagan. Bayden tarafdorlarining aytishicha, Sanders g’alaba uchun jamiyatning barcha qatlamlarini o’ziga qarata bilishi kerak.

“Sanders bir oz diplomat bo’lishi kerak. Uning hozirgi tashviqot usuli ish bermaydi”, - deydi michiganlik Jim Pirson.

17-mart kuni Arizona, Florida, Illinoys va Ogayo shtatlaridagi birlamchi saylovlardan oldin Sanders va Bayden 15-mart kuni televizion debatda bellashadi. Demokratik partiyadan nomzod bo’lish imkoniyatini ancha oldin yo’qotgan uchinchi da’vogar Tulsi Gabbard poygani tark etishni xayoliga keltirgani ham yo’q.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG