Breaking News

AQShda muzey xodimlari namoyishlarga doir namunalar to'plamoqda


Jorj Floydga atab bo'yalgan graffiti

Jorj Floydning politsiya qo’lidan o’limi sabab AQSh bo’ylab o’tgan namoyishlar ketidan Vashingtondagi Smitson muzeyi xodimlari ushbu voqealarga doir eksponatlarni to’plab yurdi.

“Xoh futbolka bo’lsin, xoh “Nafasim qisilyapti” deb yozilgan va namoyishchilar taqqan niqob bo’lsin, xoh beysbolka, tugmacha yoki shiorlar bo’lsin, hammasini terdik”, - deydi Afro-amerikaliklar tarixi va madaniyati muzeyidan tarixchi Aaron Brayant.

Ko’plab eksponatlarni Oq uy qarshisida qad ko’targan baland to’siqdan olsa bo’lardi. Namoyishchilar unga politsiya qo’lidan o’lgan qora tanlilar xotirasiga doir plakatlar, suratlar, tasvirlarni osib qo’ygan edi.

Devorga surat tushiruvchi graffiti rassomlari ham ko’p shaharlarda shu mavzuda o’z mahoratini namoyish etgan.

Brayantning aytishicha, hozirgi namoyishlar paytida to’plangan san’at namunalari 1960-yillardagi fuqarolar huquqlari uchun bo’lgan chiqishlarda ko’chalarni bezagan asarlardan farq qiladi.

Oldin, asosan, professional rassomlar va grafika dizaynerlari ishlagan. Namoyishlarda aks etgan g’oya va talablarni ifoda etuvchi tasvirlarda vizual jihatdan ketma-ketlik bo’lgan, deydi Brayant.

“Bugun esa odamlar uyda qo’lda chizib, ko’chaga chiqib namoyishchilarga qo’shilmoqda. Xilma-xillik ko’p”, - deydi u.

Hozirgi namoyishlarning global qamrovini ham qayd etish lozim. Floydga bag’ishlangan san’at asarlarini nafaqat AQShda, balki Parij va Suriyada ham ko’rsa bo’ladi.

“Ijtimoiy sahifalar, smartfon, kompyuter, planshet kabi ilg’or texnologiyalar sabab soniyalar ichida dunyoning internet bor joylarida mushtarak maqsadni ko’zlovchi hamjamiyat yuzaga kelishi mumkin”, - deydi Vashingtondagi muzey tarixchisi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG