Breaking News

Puerto-Rikoda mustamlakachilar haykallarini olib tashlash talab qilinmoqda


San-Xuan shahri
San-Xuan shahri

Puerto-Riko poytaxti San-Xuan shahrida odamlar namoyish qilib, ispaniyalik tadqiqotchi Pons de Leon xotirasiga o’rnatilgan yodgorlikni olib tashlashni talab qilishdi. Ular nazarida, ispaniyaliklar orolni mustamlakaga aylantirish jarayonida tub taino xalqini qirgan.

“Biz erkin va suveren xalq edik, o’z hukumatimizga, o’z madaniyatimiz, dinimizga ega edik. Mustamlakachilar bunga bolta urishdi. Yaxshi, bu tarix ekan, tushunamiz, ammo mustamlakachilarni ulug’lashning nima keragi bor”, - deydi Jipsi Kordova ismli faollardan biri.

Kordova “Boriken Taino qishlog’i” tashkiloti rahbari. Boriken Puerto-Rikoning mustamlakadan oldingi nomi.

“Isroilda Gitler haykallarini ko’rmaysiz, chunki u odamlarni qirgan. Ammo Borikenda Xuan Pons de Leon, Xristofor Kolumb haykallari turibdi. Aql bovar qilmaydi. Ularni olib tashlashni talab qilyapmiz”, - deydi u.

Faol Alma Zapata Puerto-Rikoning tub madaniyati haqida ko’proq ma’lumot berish lozim, deydi.

“Ijtimoiy muammoga yuz tutyapmiz. Taino merosi yer ostiga ko’mib qo’yilgan. Ammo biz bu xalq tarixi haqidagi ma’lumotlarni jamlab, hammaga ulashishimiz kerak, maktablarda o’qitish kerak. Bir din yoki madaniyat sifatida emas, bizning hayotimiz sifatida”, - deydi Zapata.

Xristofor Kolumb va Pons de Leon orolga 1493-yilda yetib borgan. 60 mingga yaqin tainolar Puerto-Rikoda majburiy mehnatga jalb etilib, turli yuqumli kasalliklardan o’lgan. Pons de Leon keyinchalik orolning birinchi gubernatori bo’lgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG