Puerto-Riko: AQShning 51-shtati bo'lishni istaymiz

  • Amerika Ovozi

AQSh territoriyasi bo'lmish Puerto-Riko 51-shtatga aylanish uchun referendum o'tkazdi. Ovoz berganlarning 97 foizi bu tashabbusni qo'llab-quvvatlagan, lekin orol aholisining atigi 23 foizi saylovda qatnashdi.

Referendum natijasi qonuniy kuchga ega emas. Orol maqomini AQSh Kongressi hal qiladi.

"Har qanday demokratiyada ko'pchilikning xohish-istagi masalani hal qiladi. Vashington dunyoning boshqa chekkalarida demokratiyani targ'ib qila turib, o'z fuqarolariga quloq tutmasligi ziddiyatli bir holat", - deydi Puerto-Riko gubernatori Pedro Rossello.

11-iyun kuni o'tgan referendum beshinchisi edi. 2012-yilda ham ko’pchilik 51-shtatga aylanish istagini bildirgan, ammo o'shanda ham Kongress referendum natijasini e'tiborsiz qoldirgan edi.

Puerto-Rikoda qariyb 3,5 million aholi yashaydi. Ular AQSh fuqarolari bo'lsa-da, prezident saylovlarida ovoz berish huquqiga ega emas.

Puerto-Riko chuqur iqtisodiy inqirozni boshdan kechirmoqda. Shtatga aylanish tarafdorlariga ko'ra, Kongress yordamisiz hukumat 72 milliard dollarlik tashqi qarzini uza olmaydi. Tashabbusga qarshilar nazarida esa orol o’zligini, madaniyatini saqlab qolishi kerak. Shtatga aylansak, AQSh g’aznasiga millionlab dollar soliq to’lashga majbur bo’lamiz, deydi ayrim fuqarolar.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG