Breaking News

Rossiyada isyonchi qizlar ozod bo'ldi

"Pussy Riot" pank-guruhi a'zolari Nadejda Tolokonnikova (chapda) Krasnoyarsk qamog'idan va Mariya Alyoxina in Nijniy Novgorod qamog'idan ozod etildi

Moskva cherkovida prezident Putinga qarshi qo’shiq aytib, qamalgan qo’shiqchi qizlar amnistiyaga tushib, ozod etildi. “Pussi Rayot” guruhining ikki a’zosi o’tgan yil boshida bezorilikda va diniy adovatda aybdor topilgan edi.

Nadejda Tolokonnikova Sibirning Krasnoyarsk shahridagi qamoqxonadan ozod etildi. Mariya Alyoxina esa boshqa turmadan. Ansamblning yana bir a’zosi Yekaterina Samutsevich o’tgan yili ozodlikka chiqqan edi.

Tolokonnikova va Alyoxina nazarida hukumat fevral oyida Sochida bo’ladigan Qishki Olimpiya o’yinlaridan oldin mamlakat obro’sini to’kmaslik uchun ularni ozod etgan.

"Rossiya inson huquqlari muammolari bois Olimpiadaning boykot qilinishini istamaydi", - deydi Tolokonnikova.

Alyoxina ozod etilishini insonparvarlik aksiyasi deb bilmaydi.

"Undan ko’ra qamoqda qolganim yaxshi edi", - dedi u.

Qo’shiqchi qizlarga belgilangan jazo muddati 2014-yil martida tugashi kutilayotgan edi. Ular yosh bolalari borligi uchun Duma qabul qilgan amnistiyaga tushdi.

Kreml nazarida ular cherkovdagi bachkana chiqishlari bilan diqqat markaziga tushmoqchi bo’ldi.

Pussy Riot vakilalari qamoqdan chiqdi

Mariya Alyoxina
1/6 Mariya Alyoxina
Rossiyada amnistiya e'lon qilinib, minglab mahbuslar ozod qilingan. Ular orasida Pussy Riot ansamblining ikki vakilasi ham bor. Guruh o'tgan yili cherkovda yalang'och holda qo'shiq kuylab, prezident Vladimir Putin sha'niga haqorat so'zlar aytgani uchun qamalgan edi.
Pussy Riot vakilalari Nadejda Tolokonnikova (chapda), Mariya Alyoxina (o'ngda).
2/6 Pussy Riot vakilalari Nadejda Tolokonnikova (chapda), Mariya Alyoxina (o'ngda).
Rossiyada amnistiya e'lon qilinib, minglab mahbuslar ozod qilingan. Ular orasida Pussy Riot ansamblining ikki vakilasi ham bor. Guruh o'tgan yili cherkovda yalang'och holda qo'shiq kuylab, prezident Vladimir Putin sha'niga haqorat so'zlar aytgani uchun qamalgan edi.
Nadejda Tolokonnikova
3/6 Nadejda Tolokonnikova

4/6 Nadejda Tolokonnikova

5/6 Mariya Alyoxina

Varvara Tolokonnikova, Nadejda Tolokonnikovaning buvisi
6/6 Varvara Tolokonnikova, Nadejda Tolokonnikovaning buvisi
Rossiyada amnistiya e'lon qilinib, minglab mahbuslar ozod qilingan. Ular orasida Pussy Riot ansamblining ikki vakilasi ham bor. Guruh o'tgan yili cherkovda yalang'och holda qo'shiq kuylab, prezident Vladimir Putin sha'niga haqorat so'zlar aytgani uchun qamalgan edi.
Previous slide
Next slide
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

This item is part of
XS
SM
MD
LG