AQSh qochqinlarni qabul qilish bo'yicha yillik rejani bajarib bo'ldi

  • Amerika Ovozi

Somalilik muhojirlar

AQShga kirib kelayotgan qochqinlar soni bu yili 50 mingdan oshmasligi kerak. Prezident Donald Tramp shunday farmon bergan. 12-iyul kuni bu reja ortig'i bilan bajarildi. Qo'shimcha 86 nafar qochqin qabul qilingan.

Oliy Sudga ko'ra, qochqin maqomiga ega bo'lmagan shaxs agar Amerikada yaqin odami borligini isbotlay olsa, kiritilishi mumkin. Ichki Xavfsizlik vazirligi, immigratsiya siyosatini amalga oshiradigan organ, buni tasdiqlamoqda.

Davlat departamentining oydinlik kiritishicha, yaqin odam deganda ota-ona, er-xotin, qalliq, farzand, kelin, kuyov, aka-uka yoki opa-singil nazarda tutiladi. Yaqinlik tegishli hujjatlar orqali isbotlanishi kerak.

Amerikada ishga chaqirayotgan yoki o'qishga qabul qilingan dargohdan ham hujjat bo'lsa, mamlakatga kirish mumkin.

Muhojirlar va qochqinlar masalalari bilan shug'ullanadigan tashkilotlardan qog'oz kerak emas, deydi rasmiylar. Amerika hukumati har bir shaxsni izchil tekshirib chiqadi.

Ushbu farmon iyun oyidan kuchga kirdi.

Oldingi prezident Barak Obama 2017-yilda AQSh 110 ming qochqin qabul qiladi, deya belgilagan edi. Donald Tramp prezidentlikka kelishi bilan bu qaror bekor qilingan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG