Breaking News

Institutsional irqchilik - qochqinlarning Ispaniyadagi asosiy dushmani


Ispaniyaga dengiz orqali kelayotgan migrantlar

2019-yilda 118 mingdan ortiq odam Ispaniyada boshpana uchun ariza bergan. Bu 2018-yilga qaraganda ikki baravar ko’p. Biroq migrantlarning aksariyati qochqin maqomini ololmaydi. Ularni noodatiy muhojir deb bilishadi. Maqomsiz esa jamiyatga singish qiyin.

Immigratsiyaga qarshi siyosatchilar bunday siyosatni himoya qiladi.

“Ular bu yerga noqonuniy yo’llar bilan kelishadi. Demak, ularga ishlashga ruxsat berish ham mumkin emas”, - deydi qochqinlikka arizachilar bilan ishlovchi Xose Kasado.

Da’vogarlarning aksariyati Venesueladan. Bu mamlakat ayni damda iqtisodiy va siyosiy inqirozni boshdan kechirmoqda.

Hukumat statistikasiga ko’ra, viza berishga kelganda Ispaniya afrikaliklarga qaraganda Lotin Amerikasidan kelgan odamlarni afzal ko’radi, chunki ular til va madaniy jihatdan Ispaniyaga yaqin.

Faollar buni nozik, institutsional irqchilik deb atashadi.

“Irqchilik tizimga singib ketganini yillar o’tib angladik. Davlat irqchilikni nafaqat jamoat xavfsizlik kuchlariga singdirgan, balki xavfsizlik kuchlari ham davlatning irqchi mantiqiga qarab ish tutadi”, - deydi Kataloniya mintaqasida irqchilikka qarshi kurashuvchi tashkilot vakili Kair Ba Dexuan.

Ispaniyaning norasmiy iqtisodiy sektorlarida ishlovchi migrantlar, ayniqsa qaroqchilik yo’li bilan mamlakatga olib kirilgan litsenziyasiz mahsulotlarni ko’chada sotuvchi odamlar ularni doim haydab yuradigan politsiyani irqchilikda ayblab keladi.

Ular hamisha qo’rquvda yashaydi.

“Institutsional irqchilik bu illatning ildizidir, chunki agar davlat meni himoya qilmasa, davlat mening foydamni o’ylamasa, politsiyachilar ham, jamiyat ham meni hurmat qilmaydi”, - deydi ko’cha savdogarlari manfaatlarini himoya qiluvchi tashkilot rahbari Dauda Diyeye.

Diyeye tashkilotini Barselona shahrida kiyim-kechak tikib sotuvchi do’kondan yuritadi. Bizning taqdirimiz bilan birovning ishi yo’q, deydi u.

“Yuqoridagilar na pasportimiz, na Milliy identifikatsiya kartamiz borligini yaxshi bilishadi, shunga ularning parvoyi palak”, - deydi Diyeye.

Imkoniyatlardan mahrum bo’lgan muhojirlar uchun hayot uchun kurash bir daqiqaga to’xtamaydi. Ispaniyaga noqonuniy yo’l bilan kelganlarni ko’chada narsa sotish yoki dalada ishlashdan boshqa ish kutgani yo’q.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG