Davlatga nisbatan ishonchni nima belgilaydi? Markaziy Osiyodagi omillar


Har bir davlat o’ziga xos siyosiy mentalitet va boshqaruv uslubiga ega

Markaziy Osiyoning besh respublikasi bo’ylab o’tkazilgan ommaviy so’rov natijalaridan ma’lumki, davlat rahbarlarining reytingi 80 foizdan tushmaydi. Qirg’izistonda odatda sal pastroq va haqiqatga yaqinroq. Mintaqaning ikki yirik davlati O’zbekiston va Qozog’istonda xalq prezidentga butkul ishonishini aytadi va uzoq yillik hukmdorlarni barqarorlik kafolati sifatida ko’rishadi.

G'arb ekspertlari dunyoviy tajribani eslatadi: jamiyatlar qanchalik oshkora va erkin bo’lsa, davlat rahbarlariga nisbatan munosabat ham shunga yarasha, ya’ni reytinglar pastroq. Masalan, Yevropa davlatlari yoki AQShda bosh vazir yoki prezidentning reytingi 50 foizdan oshsa, bu katta bayram. Barak Obama, masalan, prezidentlikning oxirgi yilida qariyb 51 foiz ijobiy baho olganini tantana qilmoqda. Shu paytgacha reytingi 40 foiz atrofida edi.

Jorj Vashington universitetida yig’ilgan mutaxassislar ayni damda olib borayotgan izlanishlari haqida so’zlar ekan, britaniyalik olima Salli Kammings, yevropalik yana bir tadqiqotchi Luka Ancheski hamda amerikalik mutaxassis Ed Shatz e’tiborni Markaziy Osiyo jamiyatlarida o’tgan chorak asr mobaynida yuz bergan o’zgarishlarga qaratadi.

Davlatchilik tamoyillari qanday ishlab chiqildi va xalqqa qanday tushuntirildi? Yosh mustaqil respublikalar o’zini ommaga va xalqaro maydonda qanday tanishtirdi, tashviq qildi? Davlat va fuqaro orasidagi munosabat qanday va qanchalik shakllandi? Odamlar mustaqillikni nimada ko’rdi? Fuqaro siyosatga qanchalik jalb etildi yoki uning o’zi siyosatda o’z rolini qanchalik anglab yetdi?

Davlatga nisbatan ishonchni nima belgilaydi? Davlatning fuqaroga nisbatan ishonchini-chi? Orada qanday murosaga guvohmiz?

Jorj Vashington universitetida davra suhbati olib borgan olimlarning aytishicha, fuqaro ishonchini mavjud sharoit belgilaydi. O’zbekistondek mintaqada eng ko’p aholiga ega mamlakatda omma fikrini o’rganish uchun mahalliy organlar bilan ishlashga majbursiz. Kommunizmdan avtoritar tuzumga o’tgan jamiyatda rahbarlarni ochiq tanqid qilish xavfli. O’zbekistondagi barqarorlik ortida kim turibdi deb so’rasangiz, ko’pchilik Prezident Islom Karimov deydi. Sizningcha, u to’g’ri siyosat olib borayaptimi deb so’rasangiz, respondentning “yo’q” deyish ehtimoli juda past, ayniqsa, agar uning javobi qog’ozga tushirilayotgan bo’lsa va siz uning kimligini bilsangiz.

Hukumat fuqarolarning tuzumga ishonchi baland deb tursa, uni kim inkor eta oladi? Mustaqil matbuot deyarli mavjud emas va xorijdagi tashkilotlarning tanqidiy tahlili mamlakatda yoritilmaydi.

Omma fikrini aniqlash va uni manipulyatsiya qilish yo’llari haqida har bir olim o’z yondashuviga ega, shuningdek, tuzumlar ham.

O’zbekiston yoki Qozog’iston hukumatidan so’rasangiz, aholi bizni quvvatlab kelmoqda va bizga nisbatan ishonchi baland, degan javob olasiz. Saylov natijalariga qarang, deyishadi. Islom Karimov va Nursulton Nazarboyev hokimiyatdan ketmasligini xohlaydiganlar ko’pchilik, deya bahslashib, buni isbotlovchi dalillar sifatida har yili o’tkaziladigan so’rov natijalarini ko’rsatishadi.

Toronto universiteti professori Ed Shatzga ko'ra, har masalada nisbiylik mavjud. Inson biror narsani baholar ekan, vaziyatni qiyoslaydi.

Umuman olganda, hech kim hech narsa va hech kimga sodiq emas. Ya’ni, bugungi barqarorlik ertangi kun ham barqaror bo’ladi, degani emas. Bugungi chidam ertaga yo’qolishi mumkin. Bugun sizga ta’zim qilayotgan fuqaro ertaga tupurishi mumkin. Bugun sizni ardoqlashini aytayotgan hukumat ertaga sizni azoblashi mumkin. Erkinlik, adolat va oshkoralik cheklangan jamiyatlarda mana shunday o’zgaruvchanlik ehtimoli ham baland.

Karimov va Nazarboyevdek uzoq yillik hukmdorlardan keyin vaziyat og’irlashadi degan xavotirlar ko’p yangraydi. Jorj Vashington universitetida fikr almashgan ekspertlar nazarida vahimaga hojat yo’q.

Vaziyat qanchalik chuqur va yaqindan o’rganilsa, bu dunyo ahli uchun shunchalik foydali. Ilm ahlining vazifasi bilim berish, odamlarni voqif etish. Asossiz tahlildan chekinish kerak, deydi Luka Ancheski. Shu bilan birga, hukumatlarning har bir bayonotini savolga tutishga haqlimiz. Ular ham asossiz qaydlar, xulosa va hisobotlar berishdan chekinib, fuqaro ishonchi aslida qanchalik ekani va uni saqlash uchun nima qilmoq zarurligini o'ylashi kerak.

Har bir davlat o’ziga xos siyosiy mentalitet va boshqaruv uslub hamda tajribaga ega. Turkmanistonda rahbarlar qanday yangilanganiga qarab, qo’shni O’zbekistonda ham shunday bo’ladi deya olamizmi?

Qozog’iston va O’zbekistonning chorak asrlik rahbarlari boshqaruvni qanday ushlab turibdi?

Orada o’xshashlik va farqlar ko’p. Ulardan biri, deydi olimlar, prezidentlar va elita, boy tabaqa, orasidagi munosabat. Qozog’istonda oligarxlar bor, O’zbekistonda yo’q. Qozog’istonda siyosiy arboblar ommaga ko’p ko’rinadi, fikr-mulohazalarni yashirmaydi. O’zbekistonda asosiy siyosiy arbob bu prezident. Boshqalar ko’ringanida, odatda, prezidentni maqtaydi yoki uning nutqlariga asoslangan ma’ruza qiladi. Har ikki tuzumda “ehtiyotkorlik”, “qo’rqinch” kuzatiladi.

Tuzumga nisbatan ishonch davlat va fuqaro orasida sog’lom munosabat talab qiladi. Rahbarlar va odamlar muloqot qilishi kerak. Ommaviy axborot vositalari ko’prik vazifasini o’taydi. Mana shu zanjir vujudga kelishi esa erkinlikka bog’liq. Erkinlik yo’lida to’siqlar qancha ko’p bo’lsa, ishonch ham shunga yarasha bo'ladi.

  • 16x9 Image

    Navbahor Imamova

    Navbahor Imamova "Amerika Manzaralari" turkumidagi ilk teledasturlar muallifi. TV, radio va onlayn diktor, prodyuser, muxbir va muharrir. "Amerika Ovozi"da 2002-yildan beri ishlaydi. Jurnalistik faoliyatini 1996-yilda O'zbekiston radiosining "Xalqaro hayot" redaksiyasida boshlagan. Jahon Tillar Universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo'yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore), magistrlikni esa AQShning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) olgan. Shuningdek, Garvard Universitetidan (Harvard University) davlat boshqaruvi va liderlik bo'yicha magistrlik diplomiga ega. Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Qo'shqo'rg'on qishlog'ida ziyoli oilasida ulg'aygan.

    Navbahor Imamova is a prominent Uzbek journalist at the Voice of America and a leading Washington-based authority on geopolitics and national development in Central Asia. As anchor, reporter, multimedia editor and producer, she has covered Central Asia and the U.S. for over 15 years on TV, radio and online. During 2016-2017, she was a prestigious Edward S. Mason Fellow in public policy and management, while earning her Mid-Career Masters in Public Administration at Harvard University’s John F. Kennedy School of Government. Imamova played a pivotal role in the launch of Uzbek television programming at VOA in 2003, and has since presented nearly 800 editions of the flagship weekly show, “Amerika Manzaralari,” which covers American foreign policy focusing on Washington’s relations with Central Asia, as well as life and politics in the U.S. She is frequently asked to speak on regional issues in Central Asia, as well as Uzbek politics and society, for policy, academic, and popular audiences, including the U.S. Foreign Service Institute, Princeton University, Columbia University, Johns Hopkins University, Georgetown University, George Washington University, Michigan State University, the University of Wisconsin, Northeastern University, and her alma mater Harvard University. Her essays on the region have been published in journals and edited volumes, including Central Eurasian Studies Review and Demokratizatsiya: The Journal of Post-Soviet Democratization.

    She began her career at the Uzbek state broadcaster. She holds a Bachelor of Arts in journalism and mass communication from Maharaja’s College at the University of Mysore, India and a Master of Arts in journalism from Ball State University.

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG