Breaking News

Guruchning yangi navlari sinovdan o'tmoqda


Guruchning yangi navlari sinovdan o'tmoqda
Guruchning yangi navlari sinovdan o'tmoqda

Global iqlimdagi salbiy o’zgarishlar, qurg’oqchilik va tabiiy ofatlar donli ekinlar hosilini kamaytirib, bug’doy narxi bir necha karra oshib ketdi. Makkajo’xori, loviya va guruch bahosi ham osmonda.

Amerika olimlari uning turli sharoitlarga chidamli navlari ustida izlanmoqda.

Amerikalik olimlar yang navlar ustida izlanmoqda
Amerikalik olimlar yang navlar ustida izlanmoqda

Botanik olim Luis Ziska bir necha yillardan beri guruchning turli navlari ustida izlanish olib boradi. U AQSh Qishloq xo’jaligi vazirligi laborotoriyalarida oq va qizil guruch tadqiqotlari olib borgan. Hozirgacha qizil guruch yaxshi natija bermoqda, o’sishi tez, doni ham ko’p.

“Qizil guruchning genlari va rivojlanish jarayoniga jiddiy e’tibor qaratganmiz. Natijalar ijobiy. Guruch turli ob-havo sharoitida qanday o’sadi va hosil beradi? Shunisi muhim bizga”,- deydi u.

Tajriba maydonchalarida olimlar issiqlik, namlik va karbonad angidrid darajasini boshqara oladi.

“Bu kabi tajriba maydonlarida biz mavjud tabiiy muhitni o’zgartirib, guruch hosiliga ta’sirini tekshiramiz. Turli sinovlardan o’tkazamiz”,- deydi Ziska.

Dunyo aholisining deyarli yarmi guruchsiz yashay olmaydi. Gurush - asosiy ozuqa.
Dunyo aholisining deyarli yarmi guruchsiz yashay olmaydi. Gurush - asosiy ozuqa.

Ikkinchi tajriba maydonchasida ekinlar bugungi kun sharoitida o’stirilyapti. Yarmi o’q, yarmi qizil guruch. O’q guruchda hech o’zgarish yo’q. Qizili esa tuga boshlagan.

Uchinchi maydonchada karbonad angidrid miqdori yuqori. Temperatura ham 2 daraja baland.

"Qo’limdagi oddiy oq guruch. G’uncha yozayotganini ko’rishingiz mumkin. Endi-endi don tugishga harakat qilmoqda. Bu odatiy hol",- deydi Ziska.

Endi qizil guruchga e’tibor bering. Ko’rib turganingizdek, oq guruchdan ancha ilgari rivojlanib ulgurgan. Bo’lmasa ikkisi ham bir xil sharoitda o’stirilmoqda”.

To’rtinchi uchasktada havo harorati ikkinchi uchastkada 4 daraja yuqori.

Bunday sharoit tabiiy holatda 30-50 yildan keyin yuz berishi mumkin, deydi olimlar. Bu sharoitda ham qizil guruch oldinda. Hosildorligi yuqori.

“Oq guruch bu sharoitda yaxshi hosil bermadi. O’zagi, gullari joyida bo’lishi mumkin, lekin oq guruch issiqlik sabab ko’p don tuga olmagan”,- deydi Ziska.

Birma sholi maydonida
Birma sholi maydonida

Oddiy guruch, deb tushuntiradi Luis Ziska, turli iqlim sharoitiga moslasha olmasligi aniqlandi. Bu muhim bir natija. Shu yo’sinda boshqa ekinlarni ham tekshirish mumkin.

“Biz hech qanday g’ayrioddiy izlanish olib borayotganimiz yo’q. Ona tabiat nima qilsa, shuni takrorlayapmiz. Kelajakda dehqonlar ishini osonlashtirish, hosilni yaxshilash uchun donli ekinlarning eng chidamli navlarini topayapmiz”, - deydi olim.

Amerika qishloq xo’jaligi vazirligi hisobotiga ko’ra, Tailand, Vyetnam, Xitoy va Qo’shma Shtatlar - dunyoda eng ko’p guruch ishlab chiqaradigan mamlakatlar. Guruch dunyo aholisining ko’pchilik qismi uchun kunlik non, asosiy ovqat, deydi olim Luis Ziska.

Birma
Birma

“2-3 milliard odam uchun aynan guruch eng asosiy o’zuqa”,- deydi Ziska.

Olim guruch hosili va sifatini oshirish uchun ilm-fan olamida ulkan tadqiqotlar olib borilayotgani, natija ijobiy ekanini uqtiradi. Yaqin besh yil ichida yangi nav bozorga chiqishi kutilmoqda. Undan oldin esa qizil guruch yana bir necha sinovlardan o’tishi kerak.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG