Breaking News

Barbara Bush 92 yoshida vafot etdi

AQShning 41-prezidenti rafiqasi va 43-prezidentining onasi Barbara Bush 2018-yilning 17-aprel kuni vafot etdi. U 92 yoshda edi.

Barbara Piyers, bo'lajak Bush xonim, 1925-yilda Nyu-Yorkda tavallud topgan. Otasi noshir, onasi Amerika bog'lari klubining raisi bo'lgan. 1945-yilda Jorj Bush bilan turmush qurib, olti nafar farzand ko'rishgan. Amerika prezidentlari tarixida eng uzoq davom etgan turmush hisoblanadi.

Barbara Bush Amerika prezidentining onasi va rafiqasi bo'lish nasib etgan ikki ayoldan biridir. Yana biri Abigeyl Adams ikkinchi prezident Jon Adamsning rafiqasi va oltinchi prezident Jon Kvinsi Adamsning onasi bo'lgan.

Birinchi xonim sifatida Barbara Bush savodxonlikka katta e'tibor qaratgan, yoshlar orasida o'qish-yozishni targ'ib qilish uchun o'zining jamg'armasiga asos solgan. Savodxonlikni oila qadriyatlarining muhim bir ustuni deb bilgan.

Bush xonim uzoq xastalikdan so'ng Texas shtatining Xyuston shahrida hayotdan ko'z yumdi.

Ko'proq...

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG