Deyvid Rokfeller 101 yoshida olamdan o'tdi

  • Amerika Ovozi

Amerikalik milliarder Deyvid Rokfeller 101 yoshida olamdan o’tdi. Uning oilasi AQSh kapitalizmining ramzi sanaladi.

Cheyz-Manxetten bankining sobiq rahbari XIX asrda “Snandart Oil” neft imperiyasiga asos sogan mashhur Jon Rokfellerning so’nggi nabirasi edi.

Deyvid Rokfeller umri davomida Amerikada asoslangan global kapitalizmni targ’ib qildi. Ayni paytda ko’plab ehsonlari bilan tanilgan. U soliq to’lamaslik yo’llarini qidirgan boshqa milliarderlarni qoralagan.

San’at, atrof-muhit muhofazasi kabi ko’plab sohalarga o’z mablag’idan ehsonlar qilgan.

Cheyz-Manxetten banki rahbari sifatida Moskvada va kommunist Xitoyda birinchi Amerika banklarini ochgan.

Akasi Nelson Nyu-York gubernatori bo’lgan hamda Prezident Jerald Ford davrida vitse-prezidentlik qilgan.

Deyvid Rokfeller dunyo siyosat sahnasida ham ta’siri kuchli bo’lgani hamda ko’plab xorijlik yetakchilar bilan shaxsan aloqa o’rnatgani aytiladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG