Bangladesh qochoqlar lagerida epidemiya

  • Amerika Ovozi

Bangladeshdagi 650 ming rohinja qochoqlari yashayotgan lagerda epidemiya tarqalmoqda. Oziq-ovqat tanqisligi va og’ir sharoit lagerdagilarning salomatligiga jiddiy putur yetkazgan. Sog’liqni saqlash tizimi xodimlari ularning ahvolidan, kasalliklar epidemiyasi, ayniqsa, difteriya tarqalishidan xavotirda.


Baluxali qochoqlar lageri yaqinidagi ifloslangan suv havzasi hamda odam ko’pligi oldini olish mumkin bo’lgan kasalliklar tarqalishiga sharoit yaratadi.

Yaqinda lagerdagilar og’iz shilliq qavati yallig’lanishiga qarshi emlangan bo’lsa-da, endi boshqa infeksion epidemiya tarqalgan.

“Difteriya aslida oldini olsa bo’ladigan yuqumli kasallik. Biroq lagerdagilar Myanmadayoq tibbiy ko’rikdan yiroq bo’lganining isboti bu. Ularning sog’lig’i, immunitetibu yerga kelishdan avval buzilib bo’lgan”, - deydi “Chegara bilmas shifokorlar” xalqaro tashkilotidan Keyt Nolan.

Myanmadagi salomatlik tizimi dunyo bo’yicha eng qoniqarsiz ahvolda. Ayniqsa, qashshoq va etnik kelishmoqchiliklar bo’lgan joyda tibbiy xizmat bo’lmagan.

Difteriyaga chalinganlar kasallikni tarqatmasligi uchun ularga antitoksin va antibiotiklar kerak.

“Bemorlarni bir joyga yig’ib, 48 soatlik karantin e’lon qilib, ularga antibiotik tarqatiladi”, - deydi yana bir shifokor Tomas Xansen.

Chegara bilmas shifokorlar va Qizil xoch kabi xalqaro tashkilotlar qizamiq, difteriya yuqtirgan bemorlarni aholida izolyatsiyalash va epidemiya tarqalishining oldini olishda hamkor.

Biroq muammo shundaki, tibbiy xodimlar epidemiya ehtimoli yuqori bo’lgan olis-olis joylarga borishga qiynaladi.

“Bemorlar borish amri mahol bo’lgan qishloqlarda. U tomonlarda na yo’lakcha bor, mashinada borib bo’lsa. Hamma yoq loy, balchiq. Tibbiy xodimlar bemorlarni davolay oladigan joylarga olib kelishga majbur”, - deydi Norvegiya Qizil xoch xalqaro tashkilotidan Dagni Xordveyi.

Bangladesh Sog’liqni saqlash vazirligi epidemiya tarqalishining oldini olish, xususan, difteriyaga qarshi emlash haqida bosh qotirmoqda. Zora rohinjaning keyingi avlodi salomatligi yaxshilansa.

2017-yil 21-dekabrdagi ma'lumotlarga ko'ra, 2000 rohinjaga difteriya yuqqan. Bemorlar asosan 5 yoshdan 14 yoshgacha bo'lgan bolalar. Kasallik oqibatida 20 dan ortiq rohinja hayotdan ko'z yumdi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG