Ruminiya Bosh vaziri Viktor Ponta o'tgan hafta tungi klubda ro'y bergan yong'in ortidan iste'foga chiqishga qaror qildi.
Buxarestda konsert paytidagi fojea 32 odamni, asosan, yoshlarni hayotdan olib ketgan. 200 dan oshiq fuqaro qattiq kuyib, jarohatlangan.
Mana bir necha kundirki mamlakatda namoyishlar o'tib, Ponta hukumati ishdan ketsin, degan talablar yangrayotgan edi.
Minglab odamlar rasmiylarni poraxo'rlikda ayblab, natijada xavfsizlik talablariga javob bermaydigan klublar faoliyatiga ruxsat berilayotganidan norozi.
Tungi klubning egalari hozir so'roq qilinayapti.