Breaking News

Mitt Romni - Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka yana bir da'vogar


Mitt Romni - prezidentlikka da'vogar respublikachilardan biri
Mitt Romni - prezidentlikka da'vogar respublikachilardan biri

Massachusetts shtati sobiq gubernatori, 64 yoshli Mitt Romni 2012-yil prezident saylovlarida o'z nomzodini e'lon qildi. Romni 2008-yil saylovlarida Respublikachilar partiyasidan yagona nomzod bo'la olmagan edi.

Ommaviy so'rov natijalariga ko'ra, Romnining respublikachilar orasida mavqei yuqori. Arbob saylovda ishtirok etish rejasini bugun Nyu-Gempshir shtatida rasman e'lon qildi. Romni hozirda xususiy sektorda ishlaydi.

Uning aytishicha, prezident Obama vazifasining uddasidan chiqa olmadi. Prezident bo'lsam, deydi u, davlat xarajatlarini qisqartirib, Barak Obama qabul qilgan sog'liqni saqlash islohotidan voz kechaman, ish bozorini to'ldirishga harakat qilaman.

AQSh Kongressi Vakillar Palatasi sobiq spikeri Nyut Gingrich, Texas shtatidan saylangan kongressmen Ron Pol va Minnesota shtati sobiq gubernatori Tim Polenti shu kungacha Respublikachilar partiyasidan o'z nomzodini qo'ygan arboblar.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG