Breaking News

"Chegara bilmas muxbirlar" yangi hisobot chop etdi


Parijda asoslangan “Chegara bilmas muxbirlar” tashkiloti dunyoda matbuot erkinligi bilan bog’liq vaziyat bo’yicha yillik hisobotini chop etdi. Unga ko’ra, Yaqin Sharq, Afrika va Osiyoda ahvol yaxshi emas. Amerikada ham bu borada sezilarli chekinish qayd etiladi.

Tashkilot Suriyani jurnalistlar uchun eng xavfli joy deb biladi. Uch yildan beri fuqarolik urushi ketayotgan mamlakatda nafaqat jurnalistlar, balki tinch aholi ham himoyalanmagan.

“Chegara bilmas muxbirlar”ning matbuot erkinligi jadvalida Suriya so’nggi, 180-o’rinda joylashgan.

Tashkilot vakiliga ko’ra, 2011-yil martidan beri Suriyada matbuotga aloqador 130 dan ziyod odam nobud bo’ldi. Shundan 45 nafari o’tgan yili. Shuningdek, kamida 16 xorijiy muxbir va 26 nafar matbuot xodimi hibsda, o’g’irlangan yoki bedarak ketgan, deydi Delfin Xalgand.

Jadvalda Qo’shma Shtatlar bir yilda 13 pog’ona pastlab, hozir 46-o’rinni egallab turibdi. Tashkilot buni hukumatning maxfiy ma’lumotlarni oshkor etgan odamlar ketiga tushgani bilan izohlaydi.

“Nyu-York Tayms” muxbiri Jeyms Rayzenning aytishicha, 2013-yil matbuot erkinligi uchun Amerikaning zamonaviy tarixida eng yomon yil sifatida esda qoladi.

Hisobotda Markaziy Osiyo va, xususan, O'zbekiston ham chetda qolmagan. Tashkilot O'zbekiston hukumatini mustaqil jurnalistlarni hibsda saqlayotganlikda ayblaydi. Qozog'istonda esa muxolifatga qarashli matbuotning hali ham yopiqligi qayd etiladi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG