Breaking News

Marko Rubio - respublikachilardan prezidentlikka uchinchi da'vogar


Marko Rubio - prezidentlikka respublikachi da'vogar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:19 0:00

Marko Rubio - prezidentlikka respublikachi da'vogar

Florida shtatining AQSh Senatidagi vakili Marko Rubio prezident bo'lmoqchi ekanini rasman e'lon qildi. 43 yashar arbob kubalik immigrantlarning farzandi, Prezident Barak Obamaning ashaddiy tanqidchilaridan.

Rubio Mayami shahridagi yuzlab tarafdorlari oldida o'z rejasini ayon qildi.

So'nggi haftalarda u saylovda unga yordam beradigan maslahatchilar jamoasini to'plash bilan ovora edi. Oldingi saylovlarda nomzodlarga mablag' to'plashda ko'maklashgan donorlar endi Rubio bilan ishlaydi.

Shu kungacha respublikachilarning ikki vakili o'z nomzodini e'lon qilgan edi - senatorlar Ted Kruz va Rend Pol. Yakshanba kuni Demokratlar partiyasidan ilk nomzod aniqlandi - sobiq davlat kotibi va sobiq senator Xillari Klinton.

Yaqin kunlarda Florida sobiq gubernatori, bir sobiq prezidentning o'g'li va ikkinchi sobiq prezidentning ukasi Jeb Bush ham poygaga qo'shilishi mumkin.

Da'vogarlar soni 20 dan oshishi bashorat qilinmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG