Breaking News

Senator Marko Rubio Xitoyni qoralab, uyg'urlarni himoya qilmoqda


Senator Marko Rubio
Senator Marko Rubio

Senator Marko Rubio:

Xitoy Kommunistik partiyasi o’nlab yillar davomida izchil ravishda jinoyatlarga qo’l urib kelgan. Har bir jinoyat vahshiyligi bilan dunyoni larzaga solib keldi. Shinjon-uyg’ur muxtor viloyatida kommunistik totalitarizmning klassik shakllari bilan bir qatorda yangi va ilg’or texnologiyalar ham qo’llanmoqda.

Senator Marko Rubio Xitoyni qoralab, uyg'urlarni himoya qilmoqda
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:49 0:00

Xitoy Kommunistik partiyasining o’tmishdagi va hozirgi jinoyatlari o’rtasidagi farq ularning sabablarida. O’tmishdagi jinoyatlarga hokimiyat uchun kurash sabab bo’lgan, hozirgi jinoyatlar esa ham hokimiyat uchun, ham foyda uchun sodir etilmoqda. Hukumat uyg’urlarni jilovlash maqsadida kollektivlashtirish siyosatini tiklashga muvaffaq bo’ldi. Eski kollektivlashtirish siyosati ochlikni keltirib chiqarib, millionlab odamlarga zarar qilgan bo’lsa, hozirgi siyosatdan ham ko’plab odamlar jabr ko’rmoqda. Uyg’urlar va boshqa turkiy musulmon xalqlar saqlanayotgan va majburiy mehnat joriy etilgan lagerlarni konsentratsion lagerdan boshqa narsa deb atash mumkin emas. Lagerdan qochganlar va ularning oilalarini esa nafaqat mamlakat ichida, balki xorijda ham ta’qib etishmoqda.

Yuz minglab, balki millionlab uyg’ur erkaklari va ayollari harbiy intizomga rioya qilishga, siyosiy tomondan qayta tarbiyaga majburlanmoqda, korxonalarda ishlashga tayyorlanmoqda. Sohil bo’yidagi rayonlarda biznes yuritish bilan bog’liq xarajatlar oshar ekan, hukumat kompaniyalarga bu ishchi kuchini mehnatga jalb qilishda imtiyozlar taklif etmoqda.

Kattalar zavod-fabrikalarda bemalol ishlashi uchun bolalar va qariyalarni ularning qaramog’idan olib qo’yishmoqda. Oilada mehr ko’rish o’rniga ular Kommunistik partiyaning nafasni qisuvchi qafasiga joylanmoqda. Bu bolalar uchun o’z tilini, madaniyatini, dinini, o’tmishini unutish, qariyalar uchun esa umrining so’nggi yillarini yolg’izlikda o’tkazish demakdir.

Hibsxonalar va majburiy mehnat fabrikalari tarmog’i Shinjonni AQShning Kaliforniya, Montana, Texas va Florida shtatlarining umumiy maydoni hajmiga teng majburiy mehnat lageriga aylantirdi. Bu, oddiy qilib aytganda, xitoycha xususiyatga ega sotsialistik qullikdan boshqa narsa emas.

Umid qilamanki, Senat o’tgan oy qabul qilgan “Uyg’urlar va inson huquqlari siyosati” haqidagi qonun loyihasi Vakillar palatasida ham tasdiqlanadi. Qo’shma Shtatlar o’z aholisi va dunyo hamjamiyatini Xitoy jinoyatlari haqida boxabar qilishi kerak, chunki amerikaliklar va AQSh kompaniyalari Shinjonda bo’layotgan voqealardan bexabar. Amerikaliklar, AQSh tijoriy va ilmiy doiralari hamda xususiy sektori Xitoy bilan biznes qilishning haqiqiy tahdidlarini allaqachon anglab yetishi kerak edi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG