Breaking News

Belarusdagi namoyishlar Rossiyada aks-sado berishi mumkinmi?


Xabarovskdagi namoyishlar

Belarusda hukumatga qarshi namoyishlar so’nmas ekan, Prezident Aleksandr Lukashenko hokimiyatda qolish uchun qo’shni Rossiya yordamiga umid qilmoqda.

Xalqaro hayot – 1-sentabr, 2020-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:09:30 0:00

Rossiyaning geosiyosiy manfaatlari Lukashenkoga yordam berib, G’arbdan hozircha yolg’iz ruhiy madad olayotgan namoyish harakatini so’ndirishni taqozo etadi. Shu bilan birga, Kreml Belarusdagi demokratik jarayonlarning Rossiyada aks-sado berishini istamaydi.

“Belarusdagi siyosiy infeksiyaning Rossiyaga yuqishini xohlashmaydi. Xabarovskdagi infeksiyaning o’zi kifoya”, - deydi Karnegi markazidan Andrey Kolesnikov.

Rossiyaning uzoq sharqida xalq mehrini qozongan Xabarovsk gubernatorining yillar oldin ro’y bergan qotillikka aloqadorlik gumoni bilan lavozimidan olinishi ketidan minglab odam haftalab davomida namoyish qildi.

Namoyishchilar qo’shni Belarusdagi muxolifat harakatiga birdamlik izhor etdi.

Rossiyada taniqli muxolifatchi Aleksey Navalniyning Sibirga safari chog’ida zaharlangani haqidagi shubhalar Putinga qarshi kayfiyatlarni yanada kuchaytirdi.

Kreml zaharlanish haqidagi xulosalar g’o’r ekaniga ishora qilarkan, jinoiy tergov qo’zg’atishdan bosh tortmoqda. Biroq Navalniy tarafdorlariga ko’ra, uning keskin betoblanishi Rossiyada siyosiy tizimning Belarusdagi tizim kabi soxta va zo’ravon ekanidan yana bir dalolatdir.

Navalniy 9-sentabrga belgilangan mintaqaviy saylovlarda nomzodini qo’ygan hukumatga qarshi da’vogarlarni qo’llab-quvvatlash uchun Sibirga yo’l olgan edi.

“Ovozlarning soxtalashtirilishiga hech kimda shubha yo’q. Asosiy savol shuki, soxtalashtirish darajasi Belarusdagi kabi bo’ladimi yoki boshqacha”, – deydi siyosiy tahlilchi Boris Kagarlitskiy.

Lukashenkoning 80 foiz ovoz to’plagani haqidagi rasmiy bayonot xalq g’azabiga sabab bo’lib, siyosiy inqirozga turtki berdi. Belarusdagi jarayonlar Rossiyaga ta’sir qilishi mumkinmi? Bu xalqning 9-sentabrda bo’ladigan saylov natijalariga ishonchi darajasiga bog’liqdir, deydi ayrim kuzatuvchilar.

Bu o’rtada Belarus muxolifati yetakchisi Mariya Kolesnikova va prezidentlikka nomzod sifatida ro’yxatdan o’ta olmay qamoqqa tashlangan bankir Viktor Babariko “Birga” deb nomlangan yangi siyosiy partiya tuzayotgani haqida ma’lum qildi.

“Mamlakatimiz siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy inqirozga yuz tutmoqda. Biz birga bo’lsak, tanazzuldan chiqib ketamiz. Partiyani ro’yxatdan o’tkazishga ariza berishga hozirlanyapmiz”, - dedi Kolesnikova.

Babariko o’tgan oy qamalib, 9-avgust saylovida qatnasha olmadi. Uning qamalishidan oldin yozib qoldirgan videomurojaatida aytishicha, konstitutsion islohotlar yangi partiyaning asosiy maqsadlaridan biri bo’ladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG