Breaking News

Rossiya Konfederatsiya kubogiga mezbonlik qiladi


Sankt-Peterburgdagi yangi stadion
Sankt-Peterburgdagi yangi stadion

Rossiyada Konfederatsiya kubogi futbol turnirining boshlanishiga sanoqli kunlar qoldi. 17-iyunda boshlanadigan musobaqa 2018-yilgi Jahon kubogidan oldin o’ziga yarasha sinovdir.

“Konfederatsiya kubogi nafaqat milliy jamoamizni sinovdan o’tkazmoqda, balki o’yingohlarning, tashkiliy masalalar, zamonaviy mehmonxonalar, aeroportlar, xullas, musobaqa uchun qurilgan barcha inshootlarning ahvolini ham aniqlashga qaratilgan”, - deydi Rossiya terma jamoasi murabbiyi Stanislav Cherchesov.

Sankt-Peterburgdagi bir stadionning qurilishida pora olish va pulni o’zlashtirish aybi bilan oblast vitse-gubernatori hibsga olindi. Yopiladigan tomi va suriladigan maydonga ega stadionning qurilishiga 780 million dollardan ko’p pul sarflangan – dunyodagi eng qimmat majmua.

“Josimar” futbol jurnaliga ko’ra, sport inshootlari qurilishlarida shimoliy koreyalik ishchilar majburlab ishlatilgan.

"Qurilish xarajatlari bir necha bor oshib, uning asl qiymatidan ancha yiroq. Yevropaning bundan ancha arzon stadionlarini ko’rgan bo’lsangiz, farq yaqqol ko’zga tashlanadi”, - deydi bolalar futboli treneri Konstantin Ambrasovskiy.

Moskvada esa kayfiyat ko’tarinki. “Spartak” jamoasi so’nggi 16 yilda ilk bor chempion bo’ldi.

“Klubimizga munosabat ijobiy tomonga o’zgardi. Konfederatsiya kubogi boshlanishini sabrsizlik bilan kutyapmiz”, - deydi komanda sardori Denis Glushakov.

Rossiyada ilk bor uyushtirilayotgan ikki yirik xalqaro turnirga qiziqishni kuchaytirish uchun o’smirlar jamoasi yaqinda Moskvadagi bir turnirda qatnashdi.

"Konfederatsiya kubogi terma jamoamizning tayyorgarlik darajasini ko’rsatadi. Muxlislarimiz yordamida eng yaxshi o’yinini ko’rsatadi degan umiddamiz”, - deydi bir vaqtlar “Paxtakor”da o’ynagan Valeriy Kechinov.

Konfederatsiya kubogida qatnashayotgan sakkiz mamlakat elchixonalari o’z jamoalarini qo’llab-quvvatlab chiqdi.

"Jahon chempionatiga tayyorgarlik deb ko’rish mumkin bu turnirni. Jamoamiz ikkala musobaqada ham ajoyib o’yin ko’rsatishiga umidimiz katta”, - deydi Germaniya elchixonasidan Andreas Meytsner.

Konfederatsiya kubogi nafaqat jamoalarni, balki tashkilotchilar va kelasi yili Jahon kubogiga mezbonlik qiladigan shaharlarni ham sinovdan o’tkazadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG