Breaking News

Rossiya saylovlarida passivlik kutilmoqda


Ertaga Rossiyada uch kunlik parlament va mahalliy saylovlar o’tkaziladi. So’nggi ommaviy so’rov natijalariga ko’ra, hukmron “Birlashgan Rossiya” partiyasi yana g’alaba qozonadi.

Xalqaro hayot – 16-sentabr, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:11:15 0:00

Muxolifat saylovda qatnashish imkoniyatidan mahrum.

“Rossiyada muxolifat haqida gapirishning o’zi mumkinmi? Axir muxolifat demokratik jamiyatda bo’ladi, parlamentda o’tiradi, televizion studiyalarda o’tiradi, saylovlarda qatnashadi. Ammo bizning mamlakatda rejimning asosiy raqiblari o’lgan, qamoqda yoki surgunda”, - deydi muxolif siyosatshunos Vladimir Kara-Murza.

Prezident Vladimir Putinning reytingi 65 foiz ekani aytilmoqda. “Birlashgan Rossiya” esa Putinning partiyasi. Parlamentdagi o’rinlarga boshqa da’vogarlar – kommunistlar va millatchilar bo’lib, kuzatuvchilar ularni mamlakatga demokratik qiyofa beruvchi qo’g’irchoq partiyalar deb ataydi.

“Dumada kommunistlar, LDPR va “Adolatli Rossiya” bor. Biroq Duma munozaralar markaziga aylandimi? Yo’q, aslo!” – deydi siyosiy tahlilchi Anton Orex.

Muxolifatning yagona umidi “Yabloko” kabi liberal partiyalar va ayrim mustaqil nomzodlardan.

“Saylovning birdan-bir ijobiy tomoni bu saylov kampaniyasi. Qanday ovoz bermang, ovozlarni qanday hisoblamang, baribir foydasi yo’q. Ammo hech bo’lmaganda gapirib olasiz”, - deydi yana bir siyosatshunos Boris Kagarlitskiy.

Rejim tanqidchilari ovozlar soxtalashtirilishiga shubha qilmaydi. Muxolifat tarafdorlarini faol bo’lishga da’vat etmoqda.

“Tarafdorlarimiz ko’p sonda chiqsa, ovozlarni soxtalashtirish harakatlariga barham berishimiz mumkin”, - deydi “Yabloko” partiyasidan nomzod Kiril Goncharov.

Biroq kuzatuvlar shuni ko’rsatmoqdaki, muxolif nomzodlarning kamligi va odamlarning saylovdan ko’ngli qolgani sabab saylovga qiziqish u qadar katta bo’lmaydi, demak buyuk o’zgarishlar ham hali beri kutilmaydi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG