Breaking News

Rossiya yana Yevropa sanksiyalariga uchrashi kutilmoqda


Yevropa Ittifoqi rasmiylari Bryusseldagi majlisda Rossiyaga ham sanksiya qo’yish xususida gaplashgan. Ittifoq Kremlni namoyishchilarga qarshi zug’umda ayblarkan, qamalgan muxolifatchi Aleksey Navalniyni ozod etishga chaqirdi.

Xalqaro hayot - 22-fevral, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:08:56 0:00

Sanksiyalar kelasi oydan kuchga kirishi kutilmoqda. Xususan, Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga yaqin odamlarning Yevropaga kirishi taqiqlanadi, Yevropadagi mol-mulki muzlatiladi.

Tashkilotga a’zo bir necha mamlakat tashqi ishlar vazirlari Navalniy shtabi rahbari Leonid Volkov bilan uchrashib, shu masalada maslahatlashgan.

Vazirlar AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken bilan ham muloqot qildi.

Navalniy o’tgan oy Germaniyadan qaytishi bilan hibsga olinib, shartli qamoq jazosi qoidasini buzganlikda ayblandi va 2-fevral kuni 2,5 yilga qamaldi.

Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov G’arb davlatlarini Rossiya ichki ishlariga aralashmaslikka chaqirdi.

“Mamlakatda hukumatga qarshi muxolif qarashlar mavjud, plyuralizm bor. Kimdir e’tirozini qonun doirasida bildirmoqda, kimdir esa qonundan tashqarida”, - dedi u.

O’tgan shanba kuni Navalniy yana bir sud ishida aybdor topilib, jarimaga tortildi. U Ikkinchi jahon urushi faxriysiga tuhmatda ayblangan edi. Shu kuni sud Navalniyning unga belgilangan qamoq muddati bo’yicha apellyatsiyasini rad etdi.

Kreml tanqidchisining yevropalik siyosatchilar blan uchrashgan safdoshi Leonid Volkov Yevropa Ittifoqi sanksiyalarini olqishlarkan, jazo choralari Putin atrofidagi odamlarga unga yaqinlik ularga qimmatga tushishini anglashiga yordam berishini aytadi.

"Odamlar bir necha fundamental sabablarga ko’ra namoyish qilmoqda va bu sabablar yo’qolib qolmaydi. Fuqarolar daromadi tushishda davom etmoqda; Putin 21 yildan beri hokimiyat tepasida o’tiribdi; Navalniy qamoqxonada. Mana shu omillar odamlarni namoyishga majburlamoqda. Agar 1000 ta odam ko’chaga chiqsa, politsiya ularni kaltaklab tarqatib yuboradi. 10 ming odam chiqsa, politsiya ularni kuzatib turadi. 100 ming odam chiqsa, politsiyachilar ularga balki qo’shilar. Bahorda yirik tadbir o’tkazishni rejalayapmiz”, - dedi Volkov.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG