Rossiya Konfederatsiya kubogida yaxshi natija ko'rsatishga umid qilmoqda

  • Amerika Ovozi

Shanba kuni Rossiyada futbol bo’yicha “Konfederatsiya kubogi” xalqaro turniri boshlanadi. 2018-yilda esa by mamlakat jahon chempionatiga mezbonlik qiladi.

1966-yilda Angliyada o’tgan jahon chempionatida Sovet Ittifoqi terma jamoasi tarkibida bronza medalini qo’lga kiritgan Vladimir Ponomaryov Rossiya jamoasidan mazmunli o’yinlar kutmoqda.

“Angliyadagi o’sha jahon chempionatidan so’ng murabbiyimiz “yigitlar, endi 50 yil bunday yutuqqa erisha olmasak kerak” degan edi. 50 yil ham o’tdi”, - deydi sobiq futbolchi.

Rossiya futbol jamoasi so’nggi yillarda muxlislarini xushnud eta olmayapti.

Shunga qaramay, deydi fanatlardan biri, jamoaga ishonch yo’qolmagan.

Mezbon taraf sifatida Rossiya Konfederatsiya kubogiga ham, Jahon kubogiga ham saralash o’yinlarisiz o’tgan.

Jamoa a’zolari muxlislar umidlarini oqlaymiz, deya ishontirmoqda.

“Maqsadimiz - bosqichma-bosqich finalga chiqish. 1-2 ta o’yindan so’ng qanday natijaga erishishimizni ayta olaman”, - deydi “Spartak” klubi sardori Denis Glushakov.

Vladimir Ponomaryovning aytishicha, Rossiya futboliga Sovet futboliga xos ehtiros, zavq yetishmaydi.

“Mehnat qilishda davom etish kerak. Qattiq mashg’ulotlar orqaligina Yevropadagi buyuk jamoalar darajasiga ko’tarilish mumkin. Konfederatsiya kubogi Rossiya futbolining bugungi saviyasini ko’rsatib beradi”, - deydi sobiq futbolchi.

Bu yilgi turnir 2018-yilda Rossiyada bo’ladigan jahon chempionati uchun tayyorgarlik sifatida ko’rilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG