Breaking News

Rossiyada "xorijiy agentlar"ga qiyin bo'ldi

  • Amerika Ovozi

Rossiya Davlat Dumasi

Rossiya xorijiy agentlarga doir qonunidan chet el matbuoti, jumladan, “Amerika Ovozi”ga qarshi foydalanmoqda. Qonun bunday tashkilotlardagi kadrlar va moliya manbasini sinchkovlik bilan tekshirish vakolatini beradi.

Rossiyada "xorijiy agentlar"ga qiyin bo'ldi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:16 0:00

“Memorial” kabi inson huquqlari guruhlari ham shunday ro’yxatga tushgan. Oy boshida uning Ingushetiyadagi idorasiga o’t qo’yishdi. ”Memorial” AQShdan moliyaviy yordam olganlikda ayblanib, 2015-yilda “xorijiy agent” deb belgilangan edi.

“Sudda himoyamiz uchun ko’p vaqt o’tkazishga majburmiz. Davlat bizni qattiq nazorat qilyapti, sal xato qilsak ham jarima solishlari yoki yopishlari mumkin”, - deydi tashkilotning huquqiy bo’limi rahbari Kiril Koroteyev.

“Xorijiy agentlar” haqidagi qonunni ba’zilar tamg’a deb ko’radi, Stalin davridagi josuslarga o’xshatishadi.

“Bu atamaning o’zi “Buyuk terror” davridan qolgan”, - deydi Koroteyev.

Ijtimoiy so’rovlar bilan shug’ullanuvchi ”Levada” markazi ham “xorijiy agent” deb topilib, mart oyida bo’ladigan prezident saylovlari kampaniyasi paytida uning faoliyat yuritishi taqiqlandi.

“Muhimi, tamg’ani osishdi bizga. Endi bizga shubha bilan qarayverishadi. Ular nazarida, biz xorijliklarga ishlayapmiz. Shunday ekan, demak, bizni Rossiyaga qarshi deb o’ylashadi”, - deydi markaz xodimi Denis Volkov.

Kremlning ta’kidlashicha, qonun xorijiy davlatlarning Rossiya ichki ishlariga aralashuviga chek qo’yishga qaratilgan. Uncha-muncha odam bu mazvuda gaplashgisi kelmadi. Rozi bo’lganlar hukumatni qo’llab-quvvatladi.

“Milliy manfaatlarimizni himoya qilishga qaratilgan choralarni yoqlayman. Vatanparvar bo’lganim uchun shundaydir. Xorijiy yordamsiz ham amallab yashab ketamiz”, - deydi moskvalik Larisa.

”Human Rights Watch” tashkiloti hisobiga ko’ra, o’tgan yil sentabr oyiga qadar hukumat 158 guruhni “xorijiy agent” deb belgilagan, sudlar bunday maqomga bo’ysunmaganlarga yirik jarima solgan. Natijada 30 ga yaqin fuqarolik tashkiloti yopilib ketdi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG