Breaking News

Rossiya Tog'li Qorabog'da qanday maqsad ko'zlamoqda?


Ozarbayjon va Armaniston Tog’li Qorabog’dagi urush ketidan sulh imzoladi va unga muvofiq o’rtada vositachilik qilgan Rossiya besh yilga mintaqaga 2000 tinchlikparvar askar safarbar etdi. Ular sulh ijrosini, chegara xavfsizligini nazorat qilmoqda.

Xalqaro hayot – 19-mart, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:00 0:00

Ayrim tahlilchilar nazarida, bu Moskvaning Janubiy Kavkaz ustidan nazoratni qayta qo’lga olishga qaratilgan ilk qadamidir.

“Rossiyaning uzoq muddatli maqsadi eski chegarani, Sovet chegarasini yoki chor Rossiyasi paytidagiga o’xshash chegaranitiklash”, - deydi harbiy tahlilchi Pavel Felgenxauer.

Rossiya qo’shinlarining hududga safarbar etilishi, asosan, mahalliy arman aholiga foyda. Xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olinmagan respublikada ba’zi rayonlarni qo’ldan chiqargan ma’muriyat sulh bo’lmaganida kattaroq yerlardan ayrilgan bo’lardi.

“Keyingi 5 yil qanday bo’lishiga ko’p narsa bog’liq. Agar mojaro nazoratdan chiqmasa, ahvol yomonlashmasa, tinchlikparvar kuchlar mandatini uzaytirishga hojat bo’lmaydi. Ozarbayjon harakatlariga ham bog’liq bu”, - deydi Tog’li Qorabog’ning arman ma’muriyatida tashqi ishlar vaziri David Babayan.

Agar Boku va Yerevan o’rtasida taranglik davom etsa, sulhga ko’ra rossiyalik harbiylar hududda 10 yilgacha qolishi mumkin. Ayrim kuzatuvchilar fikricha, bu ularga mintaqada muqim qolishga yaxshi bahona bo’lar edi.

“Ruslar tez keladiyu, ammo sekin ketadi” degan maqol bor”, - deydi siyosatshunos Argishti Kiviryan.

“Rossiya hozir mojaroni to’liq nazorat qilyapti. Shu kungacha bu Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin uning hududida rus askarlari bo’lmagan yagona mojaro edi”, - deydi tahlilchi Nil Xoyer.

Moskva uning askarlari mintaqani barqarorlashtirish va bo’lajak to’qnashuvlarning oldini olish uchun vaqtincha safarbar etilganini aytadi.

Tog’li Qorabog’ armanlari ham, Armaniston hukumati ham Rossiyani Ozarbayjon harbiy kampaniyasini olg’a yurishdan to’xtatgan yagona kuch sifatida ko’rarkan, siyosiy doiralarda Moskva bilan yaqinlashuvga da’vatlar yangramoqda.

“Rossiya bilan birlashsak, tinchlik qaror topadi degan gap yuribdi”, - deydi Ashot ismli ko’ngilli jangchi.

Rus askarlari mintaqada qolsa ham, jadvalga ko’ra ketsa ham, Kreml o’z geosiyosiy ta’sirini u yerga yoyishga ulgurgani hammaga Oydek ravshan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG