Breaking News

Rossiya Oliy sudi "Memorial" tashkilotini yopishga qaror qildi


Oliy sud majlisi
Oliy sud majlisi

Rossiya Oliy sudi bugun “Memorial” nodavlat tashkilotini yopish haqida qaror chiqardi. Rossiyada o’tmishdagi qatag’onlar va nohaq sudlanganlar haqida izlanuvchi guruh 2015-yilda xorijiy agent deb topilgan, Bosh prokuratura yaqinda Oliy suddan uni yopishni so’ragan.

Xalqaro hayot - 28-dekabr, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:08:39 0:00

Sud qarorida aytilishicha, “Memorial” veb sahifasi va ijtimoiy sahifalaridagi barcha materiallariga xorijiy agent yorlig’ini qo’ymagan va bu bilan qonunni buzgan.

Bosh prokuraturaga ko’ra, tashkilot siyosiy qatag’onlar mavzusidan o’z manfaatlari yo’lida foydalanmoqda, tarixiy xotirani, jumladan Ulug’ Vatan urushi xotirasini oyoqosti qilmoqda, SSSR haqida yolg’on obraz yaratib, uni terrorchi davlat sifatida tasvirlash orqali jamiyatga tahdid solmoqda.

Guruh jiddiy qonunbuzarliklarga yo’l qo’yganini inkor etarkan, suddagi da’volar ortida siyosiy sabablar borligini bildiradi.

"Sud qaroriga qo’shilmaymiz. Uni noqonuniy va asossiz deb bilamiz. Da’voning o’zi zaif bo’lgan. Bunday ishlar ortida kuchli siyosiy maqsadlar bor”, - deydi advokat Genri Reznik.

Prezident Vladimir Putinning yaqinda aytishicha, “Memorial” Rossiya ekstremistik va terrorchi deb bilgan tashkilotlarni himoya qilgan, siyosiy qatag’onlar qurbonlari ro’yxatiga natsistlarga xizmat qilgan odamlarni ham qo’shgan.

Tashkilot 2015-yilda xorijiy agent deb topilganidan beri faoliyati ancha cheklangan edi.

Politsiya sud binosi tashqarisida namoyish qilgan besh odamni hibsga olgan.

Tashkilot advokatlari Oliy sud hukmi ustidan Yevropa inson huquqlari sudiga shikoyat qilmoqchi

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG