Breaking News

Kim Chen Un Putin bilan ilk bor uchrashadi


Vladivostok yuqori mehmonni kutib olishga hozir
Vladivostok yuqori mehmonni kutib olishga hozir

Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Un shu hafta Rossiya uzoq sharqidagi Vladivostok shahrida ilk bor Prezident Vladimir Putin bilan uchrashishi kutilmoqda. AQSh bilan yadroviy qurolsizlanish bo’yicha muzokaralari boshi berk ko’chaga kirib qolgan Kim Putindan iqtisodiy va moliyaviy yordam so’rashi mumkin.

AQSh Prezidenti Donald Tramp bilan so’nggi bir yilda ikki bor uchrashgan Kim Chen Un Singapur, Vyetnam, Xitoy va Janubiy Koreya rahbarlari bilan uchrashuvdan so’ng endi Putin bilan ko’rishmoqchi. Ilk bor.

“Bir yil oldin Kim yakkalanib qolgan edi, endi esa hamma u bilan uchrashishga intilyapti. Kim xalqaro sahnada endi yolg’iz emas”, - deydi “Tinch okeani forumi” tashkiloti tahlilchisi Ralf Kossa.

Yadro qurollarini yaratish va sinash siyosati uchun Birlashgan Millatlar Tashkiloti va AQSh sanksiyalariga uchragan Shimoliy Koreya Tramp bilan ikki uchrashuvda jazo choralaridan xoli bo’la olmadi. Amerika va Yevropa sanksiyalaridan iqtisodiyoti sekinlashgan Rossiya Pxenyanga katta yordam ko’rsata olmasligi mumkin.

Biroq Putin bilan uchrashuv Kimga Xitoyga bo’lgan tobelikni kamaytirishga yordam berishi mumkin, deydi ayrim kuzatuvchilar.

“Kim Chen Un barcha imkoniyatlarni ishga solyapti. Shimoliy Koreya uchun Rossiyani Xitoyga qarshi o’ynatish odatiy hol”, - deydi Ralf Kossa.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG