Breaking News

Rossiyada qochoqlar bilan ishlovchi tashkilot "Xorij agenti" deb topildi


Rossiyada qochoqlarga yordam beruvchi tashkilot "Xorij agenti" deb tamg'alandi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:25 0:00

Rossiya hukumati xorij agentlariga oid 2012-yilda qabul qilingan qonundan foydalanib, chetdan moliyaviy yordam oladigan, ammo siyosiy faoliyat bilan shug'ullanmaydigan nodavlat tashkilotlari ishini ham to'xtatishga urinmoqda.

Qonunning mujmal bandlari xorij bilan ishlovchi har qanday guruhni josuslik yoki vatanga xiyonatda ayblashi mumkin. Qonundan jabr ko'rgan so'nggi tashkilotlardan biri Qochoq bolalar uchun ta'lim markazidir.

Qochoq bolalar Rossiya madaniyatiga oid darsda Moskvaning xaritasini chizmoqda. Ular Fuqaroviy yordam qo'mitasi nomli nodavlat tashkilot loyihasi orqali tahsil oladi.

Biroq Afg'oniston, Kongo va Suriya kabi o'lkalardan qochib kelgan bu bolalar uchun darslar uzoqqa cho'zilmasligi mumkin.

"Yozda qo'mita "Xorij agenti" nomi bilan tamg'alangach, muammolar boshlandi. Shu haftaning o'zida uch oy ichida turgan joyimizni bo'shatib qo'yishimiz haqida xat oldik. Bu tasodif bo'lishi mumkin emas", - deydi ko'ngilli o'qituvchilardan biri.

Shu yilning fevralida ta'lim markazi 20 yildan beri joylashgan manzilidan biror izohsiz chiqarib yuborildi.

Hukumat guruhni "xorij agenti" deb tamg'aladi. Bu ularning sadoqatsiz deb topilganini bildiradi. Natijada tashkilot homiylaridan ayrildi.

"Bizni uzoq vaqt qo'llab kelgan fond bor edi. Ular bizga telefon qilib, nomimiz xorij agentlari registratsiyasiga kiritildimi, deb so'radi. Ha, deb javob berdik. Ikki kundan keyin bizni ortiq moliyalamasliklari haqida xat oldik", - deydi qo'mita rahbari Svetlana Gannushkina.

Markaz Chechenistondan kelgan bolalarga yordam berish maqsadida 1990-yillarda ochilgan.

Bu yerda qochoqlarga rus tili o'rgatiladi, jamiyatga tezroq qo'shilishiga ko'mak beriladi.

"Afsuski, ularning yagona yordamchisi edik. Bolalarimiz endi maktablarni tark etsa kerak. Agar ular bu yerdan yordam ololmasa, to'g'ri yo'lni topishda qiynalishadi, hech kim yordam bermaydi", - deydi markaz direktori.

O'quvchilar ham shunday fikrda.

"Shu odamlar bo'lmaganda, balki Moskvadan nafratlangan bo'lardim. Juda zerikarli bo'lardi", - deydi yamanlik Samir.

Moliyaviy resurslar kamayishiga qaramay, ko'ngillilar o'z ishini davom ettirmoqda.

Vaqtincha bo'lsa ham dars o'tishga joy bor ekan, ular o'z faoliyatlarini to'xtatmoqchi emas.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG