Breaking News

G'arb ogohlantirishlariga qaramay, Rossiya chegaradan qo'shinlarini olgani yo'q


Arxiv surat

Payshanba kuni Bryusselda majlis qilgan Yevropa Ittifoqi rahbarlari Rossiya Ukrainaga qo’shin kiritgudek bo’lsa, iqtisodiy sanksiyalar kuchayishi haqida ogohlantirdi.

Xalqaro hayot - 17-dekabr, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:33 0:00

Rossiya 2014-yilda Qrimni o’ziga qo’shib olganida G’arb sanksiyalariga uchragan edi - uning energetika, bank, mudofaa sohalari nishonga olingan.

Sammitda sanksiyalar tabiati bo’yicha muhokamalar kuzatilmagan, biroq diplomatlarning aytishicha, rus oligarxlariga qarshi yangi choralar qo’llanilishi, Yevropa Rossiyaning xususiy banklari bilan hamkorlikni muzlatishi va hatto Rossiya banklari SWIFT xalqaro moliya tizimidan o’chirilishi mumkin.

Bryusseldagi mulozimlar bilan uchrashuvga borgan Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning aytishicha, shuncha ogohlantirishlarga qaramay, Moskva qo’shinlarini chegaradan olgani yo’q.

“Rus qo’shinlarining soni oshirilyapti, biroq Ukrainaga hujum qilish uchun yetarli emas. Hududlarni qo’lga kiritib, saqlab turish uchun kamida 500-600 ming askar bo’lishi kerak. Hozircha chegarada 92 ming rossiyalik harbiy bor”, - deydi Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Aleksey Danilov.

Zelenskiy Yevropa Ittifoqining sobiq sovet respublikalari bilan munosabatlarini belgilovchi “Sharqiy hamkorlik” sammitida qatnashdi. Unda Moldova, Gruziya, Armaniston va Ozarbayjon rahbarlari ham qatnashgan.

Sammitning yakuniy bayonotida Rossiyaga qarshi sanksiyalar tilga olinmagan, biroq Zelenskiy o’zaro muloqot chog’ida bu mavzuda ko’p gap bo’lganini aytadi.

“Sanksiyalarni muhokama qildik. Bir necha mamlakat amaliy harakatga tayyor ekanini bildirdi. Sanksiyalarni mojarodan keyin emas, oldin kiritish kerakligiga urg’u bermoqchiman. Chunki keyin ulardan foyda bo’lmaydi”, - dedi u.

Rossiya Ukrainaga qo’shin tortish niyati yo’qligini aytarkan, NATOni Ukrainani alyansga qabul qilish va uning hududida qurol joylashtirish niyatidan qaytishga chaqirib keladi.

Kreml bunga doir rasmiy takliflarini AQShga uzatganini bildirdi. Chorshanba kuni AQSh davlat kotibining yordamchisi Karen Donfrid Moskvada bo’lib, mavzu yuzasidan fikr almashgan.

Kremlga ko’ra, yil oxirigacha AQSh va Rossiya rahbarlari yana bir bor virtual muloqot qilishi mumkin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG