Rossiyada namoyishchilar: Pravoslav cherkovi xasis, yeb to’ymas

  • Amerika Ovozi

Sankt-Peterburgdagi qadimiy ibodatxona markaziy pravoslav cherkovining bir qismiga aylanishi mumkin. Shaharda har kuni bunga qarshi namoyishlar. 100 yil oldin bu yer bolsheviklar inqilobi markazi bo’lgan. O’shanda monarxiya ag’darilib, diniy tizimlar butunlay ateist hukumat izniga o’tgan edi.

Rossiya Pravoslav Cherkovi mamlakatdagi barcha nasroniy dargohlarni nazorat qilishi kerak, deya hayqirmoqda bir tomondagi namoyishchilar. Avliyo Ishoq ibodatxonasi -murakkab tarixni aks ettiruvchi boy muzey.

“Ibodatxona cherkovning ajralmas qismi. Bu borada ortiqcha gap bo’lishi mumkin emas. Nega uning diniy boshqaruv ostida bo’lishiga qarshilik bildirishmoqda? Mantiqsiz qarash bu”, - deydi fuqarolardan biri.

Ikkinchi tomon nazarida esa bu muzeyni cherkovga topshirish siyosiy va madaniy xato bo’ladi. Hozirgidek davlat idora etaversin, deydi ular.

Namoyishchilar firkicha, Pravoslav cherkovi xasis, yeb to’ymas.

“Rafiqam singari men ham bu tarixiy maskan xususiy ham bo’lmasin, cherkovga ham berilmasin, deyman. Davlat iznida qolaversin. Yaxshigina muvozanat”, - deydi fuqarolar.

Pravoslav cherkovi esa ibodatxonaga odamlar tekinga kirishi mumkin bo’ladi, deya va’da bermoqda.

Lekin hech narsa tekin emas. Davlat cherkovga bunday ibodatxonalar ta’miri va tozaligi uchun mablag’ ajratadi.

Ibodatxona buyuk rus o’tmishi, e’tiqodi va ma’naviy boyligi timsoli, deya bildiradi pravoslav rahnamolar. Bir asr o’tib, uning davlatdan markaziy cherkov boshqaruviga o’tishi diniy erkinlik timsoli sifatida xizmat qiladi. Cherkovning mulki va siyosiy ta’siri tobora ortib borayotganidan tashvishga tushayotgan ruslar esa bu so’zlarga ishonmaydi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG