AQSh Afrikada terrorga qarshi kurashga 60 mln. dollar ajratmoqda

  • Amerika Ovozi

Chad askarlari

Qo’shma Shtatlar Afrikaning Sohil mintaqasida terrorga qarshi harakatlar uchun 60 million dollar ajratmoqda. Burkina-Faso, Chad, Mali, Mavritaniya va Niger shu maqsadda yil boshida umumiy harbiy qism tuzgan. AQSh ajratgan pul Sohil Beshlik guruhini moliyalashga sarflanadi.

BMT Xavfsizlik Kengashida guruh faoliyatiga bag’ishlangan majlisda so’zlagan Amerikaning BMTdagi elchisi Nikki Xeylining aytishicha, Beshlik guruhi kelasi 3-6 yilda AQSh yordamida jiddiy kuchga aylanishi, unga asos solgan mamlakatlar faolroq harakatlanishi zarur.

"Shundagina mintaqani terrordan xalos qilish mumkin", - deydi u.

BMT ham bu mamlakatlarga yordam qo’lini cho’zmoqchi. Kelasi bir necha haftada Xavfsizlik Kengashi bu borada taklif qilinayotgan to’rt yo’lni muhokama qiladi. 14-dekabr kuni esa Bryusselda qator mamlakatlar rasmiylari to’planib, Beshlik guruhiga moliyaviy yordam ajratish haqida gaplashadi.

Afrikaning besh mamlakati jami 490 million dollar ko’tarishga umid qilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG