Saudiya Arabistoni qirolining valiahdi Muhammad bin Salmon Vashingtonga tashrif buyurdi. Shahzoda qirollikni tubdan o’zgartirishga intilmoqda, katta islohotlarga bosh-qosh.
Saudiya Arabistoni Fors ko’rfazida Eron bilan raqobatlashar ekan, Tramp ma’muriyati qirollik tarafini olgan. Shahzoda Salmon Eron rahbarini Gitlerga qiyosladi. Uning aytishicha, agar Eron yadro qurolini qo’lga kiritsa, Saudiya Arabistoni ham shunday qilishga majbur bo’ladi.
Tahlilchi Fahid Nazirning aytishicha, shahzoda bu bilan Trampga bosim qo’ymoqda.
“Agar Eron bilan imzolangan xalqaro yadro bitimi islomiy respublika yadroviy salohiyatini cheklashga xizmat qilsa, qirollik uni qo’llab-quvvatlashini aytgan”, - deydi “Arab yangiliklari” sharhlovchisi.
Muhammad bin Salmon islohotlari tufayli Saudiya Arabistonida ayollar ilk bor avtomobil haydash va futbol o’yinlarini tomosha qilish uchun stadionga tushish huquqlarini qo’lga kiritdi.
Valiahd konservativ mamlakatni zamonaviylashtirmoqchi, iqtisodiyotini jonlantirmoqchi.
Noyabr oyida Saudiya Arabistonida 200 dan ziyod rasmiy, tadbirkor va shahzodalar korrupsiyada ayblanib, hibsga olindi. Jon saqlash maqsadida ular byudjetga 100 milliard dollar ajratishga rozi bo’lishdi. Ba’zi kuzatuvchilar nazarida, Salmon bu bilan raqiblaridan qutulmoqchi bo’ldi.
Facebook Forum