Breaking News

Saudiya Arabistoni ilk bor xalqaro turizmga yo’l ochdi


Saudiya Arabistoni ilk bor xalqaro turizmga yo’l ochdi. Bunday tarixiy qadam ortida Yaqin Sharq mamlakatlarini neftga qaramlikdan ozod qiladi deb ko’rilmoqda.

Qirollik 49 davlat fuqarolari Saudiya Arabistoniga viza asosida kirishi mumkin deya e’lon qildi. Shuningdek, mamlakatga kirishda sayyoh ayollarning kiyinish tartibini ham yengillashtirdi.

Qirollikning Turizm bo’yicha vaziri Ahmad al-Hatibga ko’ra, sayyoh ayollar Saudiya ayollari kabi uzun qora matoga o’ralib yurishlari shart emas, biroq kamtarona kiyinishi kerak.

Shuningdek, ayollarning o’zlari yolg’iz safar qila olishi uchun viza berish yo’lga qo’yiladi. Bunga qadar erkak kishi hamrohlikligida bo’lmagan xotin-qizlarga viza berilmagan.

Makka va Madina shaharlarini ziyorat qilish hamon musulmon bo’lmagan sayyohlar uchun yopiq. Hududda spirtli ichimliklar ham taqiqlangan.

Hozirgacha vizalar asosan doimiy yashab ishlaydiganlar va ularning qaramog’idagilarga, tadbirkor sayyohlar va musulmon ziyoratchilarga berilgan.

Rasmiylarga ko’ra, turizmga yo’l berish ortidan bir million yangi ish o’rinlari ochilishi kutilmoqda.

Jurnalist Jamol Qoshiqchining o’limi va tanilgan ayol faollarning hibsga olinishidan so’ng Saudiya Arabistonining obro’si ancha to’kilgan edi. Yangicha viza dasturlarini ishlab chiqish orqali qirollik o’z nufuzini tiklab olishga intilayotganday.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG