Breaking News

Germaniya: Saudiya Arabistoni vahobiy masjidlariga yordamni bas qilsin


Germaniya vitse-kansleri Sigmar Gabrielning aytishicha, agar Saudiya Arabistoni dunyo bo'ylab mutaassib masjidlarni moliyalashda davom etaversa, G'arbdagi ittifoqchilari undan uzoqlashishi mumkin.

Rasmiyning Germaniya gazetasiga bildirishicha, bunday masjidlar ekstremizm urug'ini sochmoqda.

"Vahobiy oqimini targ'ib etayotgan va turli mamlakatlarda ishlayotgan bu maskanlarni qirollik pul bilan ta'minlamoqda", - deydi Gabriel.

"Masalan, Germaniyada xavfli deb ko'rilayotgan musulmonlarning aksariyati ana shu masjidlarga qatnaydi. Saudiya Arabistoni bu amaliyotiga chek qo'yishi kerakligini tushunishi lozim", - deydi vitse-kansler.

O'tgan hafta Germaniya razvedkasi qirollikning tashqi siyosati odamlarni mutaassiblikka chorlamoqda, deb baho bergan edi, ammo Germaniya hukumati razvedkaning bu xulosasiga qo'shilmadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG