Breaking News

Mussaviy: Saudiya Arabistoni qirol oilasi al-Qoidaga pul bergan


11-sentabr xurujini rejalashda ayblanib umrbod qamalgan Zakariya Mussaviy
11-sentabr xurujini rejalashda ayblanib umrbod qamalgan Zakariya Mussaviy

AQShda 11-sentabr xurujini rejalashda ko'maklashgan Zakariya Mussaviyning aytishicha, Saudiya Arabistoni qirolining oilasi "al-Qoida"ni moliya va boshqa yordam bilan ta'minlagan.

Mussaviy xuruj sababli Saudiya Arabistonini sudga bergan oilalarning advokatlariga oktabrda ko'rsatma bergan. Uning ko'rsatmalari shu hafta matbuotda paydo bo'ldi.

Bu shaxsning so'zlariga ko'ra, qirollikning juda mashhur rasmiylari terrorchilarni qo'llab-quvvatlagan. Asosiy donorlar shular edi, deydi Mussaviy. U, xususan, sobiq razvedka rahbari shahzoda Turkiy al-Faysal ana shunday mutasaddilardan biri edi, deydi.

U qirollik rasmiysi bilan Afg'onistonda yuzma-yuz ko'rishganini da'vo qilmoqda. Bu mulozim Saudiya Arabistonining Vashingtondagi elchixonasida ishlagan, deydi Mussaviy. Ikkisi giyoki Amerika prezidentining samolyotini urib tushirish rejasini muhokama qilgan.

Saudiya Arabistoni elchixonasi chorshanba kungi bayonotida Mussaviyni "esi og'ib qolgan jinoyatchi", hatto o'z advokatlari tomonidan "ruhan kasalmand" deb topilgan shaxs deya ta'riflamoqda.

Elchixonaning bildirishicha, 11-sentabr xuruji jahonda eng sinchiklab tergov qilingan jinoyatlardan va qirollikning qo'li borligini isbotlovchi dalillar topilmagan.

Mussaviyning da'vosi Saudiya Arabistoni-AQSh aloqalari uchun nozik bir pallaga to'g'ri kelmoqda. Qirollikning uzoq yillik rahbari Abdulla vafot etib, uning o'rniga shahzoda Salmon keldi. Mussaviy esa 11-sentabr xurujidan oldin qator rasmiylar, jumladan, shahzoda Salmon bilan ko'rishganini va Osama bin Ladendan maktub keltirganini aytmoqda.

Mussaviy xurujga aloqadorlik aybi bilan 2006-yilda Kolorado shtatidagi turmaga tashlangan va umrbod qamoq jazosini o'tayapti. Terrorchilar rejasiga ko'ra, u o'sha mash'um 11-sentabr kunida Oq uyga Boing yo'lovchi samolyotini urishi kerak bo'lgan.

Nyu-Yorkda terror xurujiga bag'ishlangan muzey - 911 Memorial Museum NYC
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:48 0:00

Terroristlarga ustozlik qilgan uchuvchiga nima bo'ldi? 9-11 Pilots/Flight School
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:25 0:00
Yuklab oling

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG