Breaking News

Saudiya Arabistoni Qatar bilan aloqalarni tikladi


Ko'rfaz hamkorlik kengashi sammiti ishtirokchilari

Saudiya Arabistoni 2017-yilda qo’shni Qatarga qarshi joriy etilgan qamalni bekor qildi. Qirollik Qatar bilan havo, quruqlik va dengizdagi chegaralarini ochdi.

Xalqaro hayot – 5-yanvar, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:12 0:00

Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Bahrayn hamda Misr Qatarni terrorizmni qo’llab-quvvatlayotganlikda ayblab, 2017-yil o’rtalarida u bilan diplomatik va savdo aloqalarni, bordi-keldini cheklab qo’ygan edi.

Bunday siyosat mintaqaviy birlikka zarar bo’lib, Eronni jilovlash harakatlariga pand berishini aytib kelayotgan Qo’shma Shtatlar to’rt arab davlatini Qatar bilan yarashtirishga urinmoqda.

Boykot e’lon qilgan mamlakatlar Qatarga 13 ta shart qo’ygan, jumladan Al-Jazira televideniyesi hamda mamlakatdagi turk harbiy bazasini yopish, “Musulmon birodarlar” guruhi bilan aloqani uzib, Eron bilan munosabatlarni cheklashni.

Bugun Saudiya Arabistonida Fors ko’rfazidagi arab davlatlari sammiti boshlandi. Unga Qatar ham taklif etilgan. Saudiya qirolining o’g’li va valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon Qatar amiri Shayx Tamim bin Hamad al-Tanini al-Ula shahrida kutib oldi.

AQSh Prezidenti Donald Trampning kuyovi va maslahatchisi Jared Kushner ham sammit o’tayotgan zalda ko’ringan.

Shahzoda Muhammadning aytishicha, sammit ko’rfaz, arab va islomiy birlik va barqarorlikni kuchaytirishga qaratilgan.

Shahzoda tadbir ochilishida so’zlab, Eron yadro va ballistik raketa dasturlarini jahon hamjamiyatiga tahdid deb atadi.

O’tgan yilgi sammitga mezbonlik qilgan qirol Salmon bu gal zalda ko’rinmadi.

Birlashgan Arab Amirliklari, Bahrayn va Misr ham Qatar bilan aloqalarni tiklashi kutilmoqda. Shunday bo’lgan taqdrida Qatar BMTning Xalqaro adliya sudida qamalga qarshi ochgan da’volaridan voz kechishi mumkin.

Kuzatuvchilarga ko’ra, Saudiya Arabistoni AQShda prezidentlikka Jo Bayden kelayotgani uchun Qatar bilan aloqalarni tiklamoqda. Bayden inson huquqlari va Yamandagi urush yuzasidan Saudiya Arabistoniga bosim qo’yishi haqida bir necha bor aytgan. Tramp bu mavzularga ko’z yumgan edi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG